Kontent qismiga oʻtish

Fuzayl Maxdum

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fuzayl Maxdum
Vafoti 1935-yil

Fuzayl maxdum - Abdugʻafurbek oʻgʻli, Hoji Abdulkarim (XIX-asrning soʻnggi choragi, Karmana — XX-asrning 30-yillari) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri. Yirik ulamo sifatida Buxoro amirligida shuhrat qozongan. XX asr boshlaridan Qrrateginda beklik qilgan.

Buxoro bosqinidan soʻng Sharqiy Buxoroga qizil armiya qismlari bostirib kelganida Fuzayl Maxdum Qorategin qoʻrboshisi sifatida Ibrohimbeknint asosiy oʻrinbosari hisoblangan. 1921-yilda uning koʻl ostida 3 ming yigitdan iborat 26 ta qoʻrboshilar dastalari harakat qilgan. U Qorategin va Sherobod muzofotlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. Fuzayl Maxdum 1921-yil martda Darvoz (markazi — Qalʼayi Xumb)ni ozod etib, bu yerda bolsheviklar hukmronligiga barham bergan.

Fuzayl Maxdum Garm shahrida miltiqsozlik, oʻqdori yasash, harbiy kiyimlar tikish ustaxonalari ochgan. U oʻzi boshqargan viloyat hududida mustaqil siyosat yuritgan. Sadriddin Ayniynint yozishicha, "Fuzayl Maxdum oʻz davlatini mustahkamlash uchun qogʻoz aqcha ham bosib chikargan".

Qorategin va Darvoz qizil askarlar tomonidan bosib olingach, 1923-yil avgust oyida Fuzayl Maxdum kichik miqdordagi askarlari bilan Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Keyinchalik u bir necha marta Sharqiy Buxoro hududiga qaytib, qizil askarlarga keskin zarbalar bergan.

Keyinchalik Hoji Abdulkarim nomi bilan Sharqiy Turkiston (Qashqar)dagi milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan. XX-asrning 30-yillari oʻrtalarida u Qashqardagi sovet elchixonasiga topshirilgach, sovet rejimi tomonidan qatl qilingan.

  • Sadriddin Ayniy, 2j., T., 1964; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Qahramon Rajabov.