Qoraqulbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqulbek
Qoraqulbek
Samarqandlik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Samarqand

Qoraqulbek — Qoraqulbek — Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi. Kattaqoʻrgʻon uyezdi. Qoraqulbek qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].


Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraqulbekning asli kelib chiqishi oʻzbeklarning qarluq urugʻidan boʻlgan. Qoraqulbek Nurota-Oqtav etaklaridagi oqchalisoy vohasining Toʻlabosti qishlogʻida tavallud topgan. Qoʻrboshining nevarasi Asror Nizom oʻgʻlining xotirlashicha, Qoraqulbek qorachadan kelgan, boʻyi oʻrtadan balandroq, keng yagʻrinli, nigohi gʻoyat oʻtkir juvormand kishi boʻlgan. Qoraqulbek dastlab Buxoroda madrasada tahsil olgan boʻlib, 1915-yil qishloq ellikboshi (amini) boʻlgan. Qoraqulbek qoʻrboshi oʻzining 500 nafar qarluq yigitlari bilan Zarafshon daryosining janubidagi togʻ orasi va dasht hududini toʻliq oʻz nazorati ostiga olgan. Buxorodan kelgan koʻplab taraqqiyparvarlar ham uning safiga qoʻshiladi. Jom atrofidan kelgan Oqboshbek ham 100 nafar safdoshi bilan unga qoʻshilgan. Qoraqulbek qizil armiyaga qarshi Bahrombek bilan birga kurash olib boradi. Muhammad Ali Baljuvoniy oʻzining „Tarixi nofeyi“ („Foydali tarix“) kitobida bir nechta Samarqandlik qoʻrboshilar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtgan. Baljuvoniy 1921-1923-yillarda qizil armiyaga qarshi kurashgan xatirchilik qoʻrboshi Qoraqulbek haqida shunday yozadi: „Xatirchi viloyatidan Qoraqulbek degani ham qoʻrqmas edi. U qaryib olti oy Xatirchi viloyati va Miyonqolda humronlik qiladi. Oxirgi hukumat bilan sulh tuzib, ikki-uch nafar sarkardasi bilan Kattaqoʻrgʻonning Panjshanba mavzesida qatl etildi. Bular Buxoro muzofotlaridan Qorakoʻl, Xayrobod, Vobkand, Nurota, Ziyovuddin va Xatirchini egallab olgan edilar. Ular bir yildan ortiqroq sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borishadi“. Qoraqulbek qoʻrboshining oʻlimi toʻgʻrisida turli maʼlumotlar mavjud. Manabalarda u 1922-yil noyabr oyida Kattaqoʻrgʻon hududidagi Payshanba qishlogʻida boʻlgan Revtribunalning hukmi bilan otib oʻldirilgan deyilsa, „Zarafshon“ gazetasida 1925-yil 17-oktyabrda qamoqxonadan qochishga uringan otib oʻldirilgan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.