Vera Pak
Vera Borisovna Pak | |
---|---|
Tugʻilishi |
13-noyabr 1938-yil |
Vafoti |
26-oktabr 2018-yil (79 yoshda) Xorazm |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() |
Vera Borisovna Pak (13.11.1938 — 26.10.2018) — Xiva shahridagi 20-son Mehribonlik uyi direktori, Oʻzbekiston Qahramoni (2001), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʻlimi xodimi (1992), davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatoti (2005-2010).
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vera Borisovna Pak 13 noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot shahrida tugʻilgan. 1961 yilda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutini tugatgan. 1961 — 85 yillarda Xiva shahridagi 3-maktabda kimyo-biologiya oʻqituvchisi, sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, Xiva shahri xalq maorifi boʻlimi mehnat taʼlimi yoʻriqchisi, 1985-yildan 20-mehribonlik uyi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Pak rahbarlik qilib turgan muassasa Oʻzbekistondagi namunali mehribonlik uylaridan hisoblanadi.[1][2]
Vera Borisovna Pak bir necha bor O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zXDP Respublika kengashi a’zosi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputati etib saylangan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ http://narodnoeslovo.uz/index.php/homepage/madaniyat/item/966-во-всем-пример-для-молодежи
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |