Toʻlepbergen Qayipbergenov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻlepbergen Qayipbergenov
Toʻlepbergen Qayipbergenov.jpg
Tavalludi 7-may 1929-yil
Vafoti 14-sentyabr 2010-yil(2010-09-14)
(81 yoshda)
Taxtakoʻpir
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekiston xalq yozuvchisi (medali).jpgOrder badge of honor rib.pngDustlik rib.pngEl-urt khurmaty rib.pngShohrat rib.png

Toʻlepbergen Qayipbergenov (qoraqalpoqcha: Tólepbergen Qayıpbergenov; 1929.7.5, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010) — Oʻzbekiston (1994) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974). Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). "Amudaryo" jur. (1955—57)da, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957—58). Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958— 59), "Jas leninshi" gaz. bosh muharriri (1959—60), "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti direktori, "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz. bosh muharriri (1962— 72). Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972-yildan), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari (1980-yildan). Dastlabki qissasi — "Sekretar" (1956). "Rahmat, muallim" (1958), "Sovuq tomchi" (1964), "Uyqusiz tunlar" (1965) qissalarining, "Soʻnggi..." (1960), "Qoraqalpoq qizi" (1 — 2-kitoblar, 1963—65), "Qoraqalpoq dostoni" trilogiyasini tashkil etgan "Mamanbiy afsonasi", "Qoraqalpoqnoma" roman-essesi (1978), "U dunyoga bobomga xatlar" (1982) asarlari chop etilgan. "Qoraqalpoqman — tavakkalchiman" (2003) asari, shuningdek, "Familiya" pyesasi, "Berdaq" ("Sahro bulbuli"), "Oydoʻst bobo" dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining 17— 18-asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi oʻrinbosari (1987—91). 1995-yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati jamgʻarmasi raisi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1967), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1971) laureati.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mamanbiy afsonasi [Roman], T., 1974; Baxtsizlar [Roman], T., 1976; Gumroxlar [Roman], T., 1978.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shermuxamedov P., Mir pisatelya, yego knigi, yego narod, Nukus, 1982.