Ibroyim Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibroyim Yusupov 1929-yil 5-mayda tugʻilgan. Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Azot ovulida — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston (1975-yil) xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni (2004). Qoraqalpoq pedagogika institutini tugatgan (1949). Shu Institutda oʻqituvchi (1949-1961), „Amudaryo“ jur. bosh muharriri (1961—1962), N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1965—1980), „Sovet Qoraqalpogʻistoni“ gaz.ning bosh muharriri (1980— 1985), Qoraqalpogʻiston maʼnaviyat va maʼrifat markazining raisi (1985-2000).

Dastlabki sheʼrlari 20-asr 40-yillarining oʻrtalarida eʼlon qilina boshlagan. 30 dan ortiq sheʼriy va nasriy toʻplamlari bor. „Qirq qiz“ (A. Shomuratov bilan hamkorlikda, 1965), „Aktrisaning iqboli“ (1967), „Umirbek laqqi“ (1971), „Mangu buloq“ dramalari, „Ajiniyoz“ librettosi muallifi. Yusupovning „Kun chiqish yoʻlovchisiga“, „Qoraqalpoqni koʻp maqtamang koʻzimcha“, „Qora tol“, „Turnalar“ va boshqalar sheʼrlari qoraqalpoq adabiyotining yuksak namunalaridir. Shuningdek, Yusupovning „Akatsiya gullagan joyda“, „Gilamchi xotin haqida haqiqat“, „Dala armonlari“, „Mangu buloq“ singari dostonlari ham 20-asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta yutuqlari hisoblanadi.

„Buloqlar qaynaydi“ (1960), „Oltin qirgʻoq“ (1962), „Dala armonlari“ (1967), „Choʻl toʻrgʻayi“ (1972), „Qora tol“ (1988) va boshqalar asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan („Mangu buloqlar“, 1986). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1974). Ibroyim Yusupov fQoraqalpog‘iston davlat madhiyasi muallifi hisoblanadi. Uning „Qadrdon so‘qmoqlar“ sheʼrini Muhammad Ali o‘zbek tiliga tarjima qilgan.