Nukus pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nukus Davlat Pedagogika instituti
(NDPI)
Yangi.jpg
Xalqaro nomi Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz
Shiori Inson – dunyoning koʻrki
Asos solingan 1934
Oʻquv yurti turi institut
Tipi davlat
Sohasi pedagogika
Rektori Otemuratov Bayram Perdebaevich
Talabalari 10248
Fakultetlar 9
Bakalavriat mavjud
Magistratura mavjud
Doktorantura mavjud
Fan doktorlari 28 ta
O‘qituvchilar 494 ta
Kampusi 4
Manzili Nukus, Nukus, P.Seyitov ko'chasi Oʻzbekiston
Vebsayti ndpi.uz

Nukus davlat pedagogika instituti yoki Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1943-yil Qoraqalpogʻiston davlat oʻqituvchilar instituti (1934) negizida Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab Toʻrtkoʻl va Chimboyda boʻlgan. 1945-yildan Nukus shahrida. 1976-yil institut Qoraqalpogʻiston universitetiga aylantirilganligi munosabati bilan u tugatildi. 1990-yil hozirgi nomi bilan kayta tashkil etildi. 1993-yildan Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli nomi bilan atalgan.

Asosiy ma'lumotlar[tahrir]

Institutda 11 fakultet kunduzgi (qoraqalpoq tili va adabiyoti; kimiyo-biologiya; filologiya; xorijiy tillar; Mexnat-tasviriy sanʼat va chizmachilik; tarix; mat-fizika; boshlangʻich taʼlim metodikasi;maktabgacha tarbiya; jismoniy tarbiya), sirtqi, maxsus sirtqi va magistratura boʻlimlari, 29 kafedra, 38 kabinet, 13 laboratoriya, 3 lingafon kabineti, 24 kompyuter sinfi, 1 kichik bosmaxona, institut Internet tarmogʻi, 2 elektron kutubxona, zamonaviy 2ta sport zali, 3ta kutubxona, 4ta qiroatxona, 4ta ustaxona, oʻquv tajriba xoʻjaliklari, sogʻlomlashtirish lageri, "Toʻmaris" va "Ziuar" ansambllari bor. Kunduzgi boʻlimda 22, sirtqi boʻlimda 10, maxsus sirtqi boʻlimda 5 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar va 14 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2019/2020 oʻquv yili institutda 10248 talaba taʼlim oldi. Ularga 494 oʻqituvchi, jumladan, 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 18 fan doktori va professor, 165 fan nomzodi va dotsent ishladi. Turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qiladi. .[1]

Fakultetlar[tahrir]

Institutda 11 fakultet mavjud
Qoraqalpoq tili va adabiyoti;
Kimiyo-biologiya;
Filologiya; xorijiy tillar;
Mexnat-tasviriy sanʼat va chizmachilik;
Tarix;
Matematika-fizika;
Boshlangʻich taʼlim metodikasi;
Maktabgacha tarbiya;
Jismoniy tarbiya

Bitiruvchilar[tahrir]

Institutni tamomlaganlar orasida koʻplab taniqli odamlar bor: II jahon urushi qahramoni P.Nurpeisov, O'zbekiston Qahramonlari Allaniyaz Uteniyazov, Vera Pak, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Ibraim Yusupov, Gayratdin Xojaniyazov. Akademiklar Marat Nurmuxammedov, Sobir Kamalov, Jumanazar Bazarboev, Amin Baxiyev, Xusniddin Hamidov, Abatbay Dawletov. Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Rustam Djangabaev.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil