Nikolay Kucherskiy
Nikolay Ivanovich Kucherskiy | |
---|---|
ruscha: Николай Иванович Кучерский | |
Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori | |
Mansab davri 1985-yildan — 2008-yilgacha | |
Prezident |
Inomjon Usmonxoʻjayev Rafiq Nishonov Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Anatoliy Petrov |
Vorisi | Quvondiq Sanaqulov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-iyul 1937-yil Donetsk |
Vafoti |
13-dekabr 2018-yil (81 yoshda) Moskva |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Nikolay Ivanovich Kucherskiy (1937.21.7, Ukraina, Donetsk viloyati Mariupol shahri — 2018.13.12, Moskva) — konchi-muhandis, metallurg, ishlab chiqarish novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan injener (1975), texnika fanlari doktori (1999). Dnepropetrovsk konchilik instituti shaxta qurilishi fakultetini tugatgan (1961). Mehnat faoliyatini 1961-yildan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshlagan. Uchquduqdagi Shimoliy ruda boshqarmasida konchi usta, muhandis, uchastka boshligʻi, karyer" boshligʻi (1961—71), Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Zarafshon shahridagi Markaziy ruda boshqarmasi bosh muhandisi (1971—83), direktori (1983-85). 1985-yildan Navoiy kon-metallurgiya kti direktori, ayni paytda, 1991-yildan "Qizilqumkamyobmetalloltin" davlat konserni Kengashi raisi. K. rahbarligi va ishtirokida oltin konlarida kon texnikasini modernizatsiyalash va siklli potok texnologiyani tashkil qilish boʻyicha yirik tadqiqot ishlanmalari bajarildi, Muruntov oltin ajratish majmuining 2- va 3-navbati qurildi, oltin bilan bir qatorda yoʻldosh volfram, kumush, palladiyni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. K.Rossiya Konchilik Fanlar akademiyasi akademik (1992), Xalqaro fanlar, taʼlim, industriya va sanʼat akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1997), Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademik (2000). 1— 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1994).[1][2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 21-iyulda tugʻilganlar
- 1937-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Donetskda tugʻilganlar
- 13-dekabrda vafot etganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimlari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- 5-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni sohiblari
- Ukrainaning Xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari