Kontent qismiga oʻtish

Niall Horan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niall Horan

Horan 2023-yilda
Tavalludi
Niall James Horan

13-sentyabr 1993-yil (1993-09-13) (30 yosh)
Mullingar, Westmeath, Irlandiya
Kasbi
Faoliyat yillari 2010–hozirgi kunga qadar
Niall Horan
Umumiy maʼlumot
Veb-sayt niallhoran.com
Imzosi

Niall James Horan (/ˈnəl ˈhɔːrən/ NY-uhl HOR-ruhn; [1][2] 13 -sentyabr, 1993-yil) – Irlandiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis. U 2010-yil The X Factor shousida One Direction guruhi bilan birga faoliyatini boshlaydi va mashhurlikka erishadi.

2016-yilda guruh faoliyatida tanaffus eʼlon qilganidan soʻng Niall Capitol Records bilan shartnoma imzoladi va Flicker (2017), Heartbreak Weather (2020) va The Show (2023) nomlari ostida uchta albom chiqardi. Fliker albomi Irlandiya va AQSh chartlarida birinchi, Avstraliya va Buyuk Britaniyada esa uchinchi oʻrinni egalladi. Heartbreak Weather albomi 2020-yil mart oyida chiqarilgan va Buyuk Britaniya, Irlandiya, Meksika chartlarida birinchi va AQShnikida esa toʻrtinchi oʻrinni zabt etgan[3].

Horanning uchinchi studiya albomi The Show 2023-yil iyun oyida chiqarilgan[4][5].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niall Horan 1993-yil 13-sentyabr kuni Westmeathdagi Mullingar shaharchasida tugʻilgan[6]. Uning katta akasi Greg 1987-yilda tugʻilgan[7]. Ota-onasi Bobby Horan va Maura Gallagher Naill besh yoshligida ajrashishadi, shu sabab u va akasi bir yil davomida onasi bilan birga yashaydilar[8]. Bir yildan soʻng esa ular otasining oldiga koʻchib oʻtishga qaror qilishadi[9]. U bolaligida astma kasalligiga chalinadi[10].

Horanning akasiga 15 yoshga toʻlganida gitara sovgʻa qilishadi, biroq uni faqatgina bir marotaba ishlatadi[11]. Horan 11 yoshga toʻlganida YouTube orqali gitara chalishni oʻrganadi[12].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

One Direction[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil oʻn olti yoshida Horan The X Factor shousining yettinchi mavsumida ishtirok etadi va u yerda „So Sick“ qoʻshigʻini kuylaydi[13]. Hakamlar uning ishiga turlicha baho beradi. Louis Walshga uning ijrosi yoqqan boʻlsa, Cherly Cole va mehmon hakam Katy Perry u hali oʻz ustida ishlashi kerak deb baholaydi. Simon Cowell, Perry va Walsh „Ha“ tugmasini bosgan boʻlsa faqatgina Cole „Yoʻq“ deb ovoz beradi. Bu orqali u keyingi bosqichga yoʻl oladi. Keyingi bosqichda u „Champagne Supernova“ni kuylaydi ammo bu ijro muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mehmon hakam Nicole Scherzinger taklifi bilan u toʻrtta yigitdan iborat guruhga borib qoʻshiladi. Horan Harry Styles, Liam Payne, Luis Tomlinson va Zayn Malik bilan birgalikda One Direction guruhini tashkil etishadi. Ushbu nomni Harry Styles taklif qiladi. Cowell ularga ustozlik qiladi va guruh toʻrt hafta davomida birgalikda tayyorgarlik koʻrishadi. Yakunda ular The X Factor shousini uchinchi oʻrin bilan yakunlashadi.

Horan One Direction guruhi bilan The X Factor shousining finalida

The X Factordagi muvaffaqiyatidan soʻng Cowell tavsiyasiga koʻra One Direction Syco records bilan 2 million funtlik shartnoma imzolaydi. Ular darhol debyut albomi ustida ishlashni boshlashadi. Keyinchalik fevral oyida The X Factor Live Touri tashkillashtiriladi. Ushbu turda jami hisobda 500,000 dan ortiq muxlis ishtirok etgan. Tur 2011-yil aprel oyida nihoyasiga yetgach ular albom ustida ishlashni davom ettirishgan. Albom yozish ishlari Stokgolm, London va Los-Anjeles shaharlarida boʻlib guruh Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac va Rami Yacoub kabi prodyuserlar bilan hamkorlik qilishadi[14][15][16][17]. Keyingi singllar „Gotta Be You“ va „One Thing“ muvaffaqiyatga erishdi, Buyuk Britaniyada eng yaxshi hitlar qatoriga kiritildi[18][19]. Xuddi shu yil noyabrda ularning debyut albomi Up All Night Buyuk Britaniya va Irlandiya boʻylab taqdim etiladi. 2012-yilda esa albom jahonning boshqa davlatlarida ham chiqariladi[20]. Albom chiqarilishi bilan guruh Up All Night Tourni boshlashadi. Aslida, tur faqat Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo talab yuqoriligi tufayli Avstraliya va Shimoliy Amerikada ham davom etadi[21]. 2012-yil sentyabr oyida guruh ikkinchi albomining dastlabki singli „Live While Weʼre Young“ni eʼlon qiladi[22][23]. Albom shu yilning noyabr oyida Take Me Home nomi ostida chiqarilgan[24]. U 35 dan ortiq mamlakat chartlarida birinchi oʻrinni egalladi va Billboard 200da birinchi oʻrinni egallagan holda bir kalendar yilida ikkita albomi birinchi oʻrinni egallagan dastlabki guruh boʻladi[25][26][27][28][29].

Horan 2015-yil Chicagodagi One the Road Again Tourida

Guruhning uchinchi studiya albomi Midnight Memories 2013-yil 25-noyabrda eʼlon qilingan. Albom 2013-yilda dunyo boʻylab 4 million nusxa sotilgan holda yil davomida eng koʻp sotilgan albom boʻldi[30][31]. 2014-yil noyabr oyida One Direction toʻrtinchi albomi Four chiqarilgan. Albom 18 mamlakat chartida birinchi oʻrinni egalladi va One Direction Billboard 200 albomlar chartida 58 yillik tarixida dastlabki toʻrtta albomi birinchi oʻrinda deb topilgan ilk guruhga aylandi[32][33]. 2015-yil fevral oyida guruh Avstraliya, Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerika boʻylab On The Road Again Tourini tashkillashtirishadi. 2015-yil noyabr oyida ularning beshinchi albomi Made in the A.M. chiqarligan[34][35].

Individual faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Horan 2018 -yil 18-mart kuni Glasgowdagi Flicker World Tour davomida

Guruh 2016-yilning boshida faoliyatida tanffus eʼlon qiladi. Soʻng shu yilning 29-sentyabrida Horan Capitol Records kompaniyasi bilan hamkorlikda „This Town“ deb nomlangan debyut singlini chiqargan[36]. U UK Singles Chartda toʻqqizinchi[37] va AQSh Billboard Hot 100da yigirmanchi oʻrinlarni egalladi[38].

2017-yil 4-may kuni esa uning navbatdagi singli „Slow Hands“ eʼlon qilinadi[39]. Horanning debyut albomi 2017-yil 20-oktyabrida Flicker nomi ostida chiqariladi[40]. Albom Billboard 200 chartida birinchi oʻrini egallaydi. Shuningdek Irlandiya va Niderlandiya chartlarida ham eng yuqori oʻrinni zabt etgan[41][42].

Uning ikkinchi albomidagi dastlabki singl „Nice to Meet Ya“ 2019-yil 4-oktyabr kuni chiqarildi[43]. 2019-yilning 6-dekabr sanasida chiqarilgan „Put a Little Love on Me“ albumning ikkinchi singliboʻldi[44]. 30-oktabr kuni Horan 2020-yilning boshlarida oʻzining Nice to Meet Ya Tourini boshlashini eʼlon qildi[45]. Biroq, COVID-19 pandemiyasi tufayli tur keyinchalik bekor qilinadi[46]. Albomning oʻzi esa 2020-yil 13-mart kuni chiqarilgan va AQSh Billboard 200 chartida toʻrtinchi va UK Albums Chartda esa birinchi oʻrinni egallagan[47][48].

„Heaven“ qoʻshigʻi 2023-yil 17-fevral kuni uchinchi albomi The Showning dastlabki singli sifatida chiqarildi[49]. Singl bir haftada Irish singles chartda toʻrtinchi oʻrinni egalladi[50]. 2023-yilning 17-mart sanasida chiaqrilgan „Meltdown“ albomning ikkinchi singli boʻldi[51]. Albom chiqarliganidan soʻng sakkiz mamlakat chartida birinchi oʻrinni egalladi, jumladan Uk albums chart va Irish albums chartlarda. AQSh chartlarida esa albom ikkinchi oʻrinni egalladi[52][53].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Horan futbol va golf sport turining ashaddiy muhlisi hisoblanadi[54]. U ingliz jamoasi Derby County klubini qoʻllab quvvatlaydi[55].

Horan 2017-2018-yillarda amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi Hailee Steinfeld bilan ishqiy munosabatlarda boʻladi[56]. 2020-yilda Amelia Woolley bilan uchrashishni boshlagan[57].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Flicker (2017)
  • Hearthbreak Weather (2020)
  • The Show (2023)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. WIRED. „Niall Horan Answers the Web's Most Searched Questions | WIRED“. YouTube (2019-yil 18-oktyabr). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  2. „How to pronounce niall horan in English“. YouGllish. 2022-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  3. Caulfield, Keith (22 March 2020). „Lil Uzi Vert's 'Eternal Atake' Spends Second Week at No. 1 on Billboard 200 Albums Chart“. Billboard. 22 March 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25 March 2020.
  4. Geraghty. „Niall Horan announces new album The Show. NME (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  5. Graye. „'It's good to be back': Niall Horan announces new album, The Show. The Independent (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  6. „Niall Horan Biography“. Biography.com (2019-yil 31-dekabr). 2021-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  7. Lisa McGarry. „X Factor 2010: Niall Horan's brother says One Direction get along well“. Unrealitytv.co.uk (2010-yil 6-noyabr). 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-mart.
  8. „Wedding of Robert Horan and Maura Nolan“. Westmeath Examiner (1984-yil 3-noyabr). 2023-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
  9. „Mums of One Direction stars reveal how the boys have grown into music sensations“. Daily Record (2012-yil 16-aprel). 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  10. „Niall Horan Answers the Web's Most Searched Questions“ (2019-yil 18-oktyabr). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  11. Niall Horan Replies to Fans on the Internet | Actually Me | GQ (inglizcha), 25 July 2023da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-07-25
  12. Hiatt. „Harry Styles and Niall Horan: The Lost Interview“ (2020-yil 22-iyul). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  13. „Niall Auditions For The X Factor“. Capital FM. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr.
  14. „One Direction on UK“. The Official Chart Company. 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  15. „Mexico Airplay“. 2012-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  16. „Chart Track Archive“. GFK Chart Track. 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  17. „Ask Billboard: One Direction's Career Sales“. Billboard. 19 June 2016. 27 June 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20 July 2019.
  18. „One Thing on Charts“. Hung Medien. 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  19. „Gotta Be You on Charts“. Hung Medien. 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  20. „One Direction Debut at #1, Make Album Chart History“ (2012-yil 21-mart).
  21. „One Direction infection sweeps city“. Heraldsun.com.au. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  22. „One Direction's Official Top 10 Biggest Selling Singles Revealed!“. Official Charts Company (2015-yil 25-avgust). 2015-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
  23. „One Direction Billboard Hot 100 Chart History“ (2023-yil 19-may). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-may.
  24. „One Direction score Number 1 single AND album!“. Official Charts. 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  25. „Irish Albums Chart – Take Me Home“. GFK Chart Track. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  26. „One Direction Chart History (Billboard 200)“. Billboard. 28 August 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 January 2016.
  27. „One Direction Chart History (Canadian Albums)“. Billboard. 28 August 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 January 2016.
  28. „Australian Album Charts – One Direction“. Hung Medien. 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  29. „One Direction's 'Take Me Home' Debuts at No. 1 with Year's Third-Biggest Opening“. Billboard. 21 November 2012. 26 March 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20 July 2019.
  30. „One Direction top global album chart“. BBC News (2014-yil avgust). 2014-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
  31. „These Were the 10 Highest-Grossing Tours of 2014“. Forbes.com. 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
  32. „Fourth Anniversary of One Direction's Album, Four“. Lthqofficial.com. 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
  33. Caufield, Keith. „One Direction's 'Four' Makes Historic No. 1 Debut on Billboard 200 Chart“. Billboard.com. 2014-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  34. „One Direction to 'take a break in 2016' after release of fifth album“. BBC News (2016-yil 24-avgust). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  35. Lipshutz, Jason (9 September 2015). „One Direction & Justin Bieber Album Release Showdown Set for November 13?“. Billboard. 19 July 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16 October 2017.
  36. „Niall Horan's 'This Town' Debuts Atop the Billboard + Twitter Trending 140 Chart“ (2016-yil 29-sentyabr). 2023-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  37. „Niall Horan > UK Charts“. Official Charts Company. 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-oktyabr.
  38. Trust, Gary (3 January 2017). „Rae Sremmurd Returns to No. 1 on Hot 100, Migos Soars to Top 10“. Billboard. 4 January 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 January 2017.
  39. „Niall Horan's Next Single 'Slow Hands' Has a Release Date“. Billboard. 1 May 2017. 4 October 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2 May 2017.
  40. Lars, Brandle (15 September 2017). „Niall Horan Drops New Single 'Too Much to Ask': Listen“. Billboard. 15 September 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15 September 2017.
  41. „IRMA – Irish Recorded Music Association“. Irma.ie. 2001-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  42. Hung. „Niall Horan – Flicker“. hitparade.ch. 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  43. Pace, Lilly (26 September 2019). „Niall Horan Announces 'Nice to Meet Ya' Single“. Billboard. 20 January 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27 September 2019.
  44. „Niall Horan Announces 2020 'Nice To Meet Ya' Arena Tour With Lewis Capaldi | Z100“. Z100.iheart.com (2019-yil 30-oktyabr). 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  45. „Niall Horan Adds Dates to North American Tour: See When He's Coming to Your City“. Billboard.com. 2020-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  46. Ruggieri. „Niall Horan cancels tour, including April show in Atlanta, with plans“. Ajc.com (2020-yil 5-aprel). 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  47. „Niall Horan Sets New Album 'Heartbreak Weather,' Drops New Single 'No Judgement': Listen“. Billboard.com (2020-yil 7-fevral). 2020-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  48. Heartbreak Weather by Niall Horan (inglizcha), 2 August 2020da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-21
  49. Mier, Tomas (26 January 2023). „Niall Horan Is Learning to 'Follow My Heart' as He Announces Comeback Single 'Heaven'. Rolling Stone. 21 March 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7 March 2023.
  50. „Top 100 Singles, Week Ending 24 February 2023“. Official Charts Company. 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  51. Paul, Larisha (28 April 2023). „Niall Horan Offers a Shoulder to Lean on in the Midst of a 'Meltdown' on New Single“. Rolling Stone. 28 April 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28 April 2023.
  52. Smith. „Niall Horan's The Show is his second Number 1 album: "I wasn't expecting this!"“. Official Charts (2023-yil 16-iyun). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
  53. Caulfield, Keith (June 19, 2023). „Niall Horan Earns Third No. 1 on Top Album Sales Chart With 'The Show'. Billboard. 28 June 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 11, 2023.
  54. Direction, One. Who We Are: Our Autobiography. London: HarperCollins, 2014 — 86–145 bet. ISBN 978-0-00-757731-6. 
  55. „RAMSTV INTERVIEW: NIALL HORAN CHATS AFTER OXFORD WIN“ (en). DCFC.co.uk (2023-yil 14-mart). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  56. „Niall Horan and Hailee Steinfeld have split“. Entertainment.ie (2018-yil 14-dekabr). 2023-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  57. „Niall Horan celebrates the New Year in popular Dublin pubs with stunning girlfriend“. Dublin Live (2022-yil 5-yanvar). 2023-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.