Kontent qismiga oʻtish

Made in the A.M.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Made in the A.M.
One Direction albomi
Chiqarilgan sanasi 13-noyabr, 2015-yil(2015-11-13)
Yozib olingan sanasi Fevral – Iyul, 2015-yil
Janr
Davomiyligi 44:39
Leybl
  • Columbia Records
  • Syco Music
Prodyuser(lar)
  • Julian Bunetta
  • Jesse Shatkin
  • John Ryan
  • Afterhrs
  • Johan Carlsson
  • Jamie Scott
One Direction xronologiyasi
Four
(2014)
Made in the A.M.
(2015)

Made In the A. M. – ingliz-irland guruhi One Directionning beshinchi va eng soʻnggi studiyo albomi boʻlib, 2015-yil 13-noyabrda Columbia Records va Syco Music bilan hamkorlikda chiqarilgan. Ushbu albom Zayn Malik guruhni tark etganidan keyin birinchi[1] va 2016-yilda faoliyatini yakunlagan guruhning soʻnggi albomidir. Albom uchta singlni oʻz ichiga olgan boʻlib bular 2015-yil 31-iyul kuni chiqarilgan „Drag Me Down“ , 16-oktabr kuni taqdim etilgan "Perfect " va 6-noyabr kuni chiqarilgan "History " singlilaridir. Ushbu uchta singl bir qator milliy chartlarda oʻntalikka kiritilgan.

Albom chiqarilishi bilan musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanadi. U 93,189 nusxada sotilgan holda UK Albums Chartda birinchi oʻrinni egalladi va AQShning Billboard 200 chartida 402,000 nusxa sotilgan holda ikkinchi oʻrinni zabt etdi, faqatgina 459,000 nusxada sotilgan Justin Bieberning Purpose albomi birinchi haftadagi sotuvi jihatdan ulardan oldingi oʻrinda edi. Albomning birinchi haftadagi savdolari guruhning oldingi albomi Fourga qaraganda pastroq boʻlishi kutilgan, biroq bu taxminlar oʻzini oqlamadi va albom birinchi haftaning oʻzida 387 ming nusxada sotildi[2][3]. Bundan tashqari Made in the A. M. Buyuk Britaniyada 2015-yilning eng tez sotilgan ikkinchi albomi boʻldi, bu borada ular faqat Adelening 25 nomli albomidan ortda qolishdi[4]. International Federation of the Phonographic Industry maʼlumotlariga koʻra Made in the A. M. 2015-yilning eng koʻp sotilgan oltinchi albomi boʻlib, butun dunyo boʻylab 2,4 million nusxada sotilgan[5].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albom chiqarilishi haqida yangiliklar 2015-yilning 22-sentyabrida rasman eʼlon qilindi[6]. „Drag Me Down“ singli chiqarilganidan soʻng, 2016-yilda guruh faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatishi eʼlon qilinadi[7]. 22-sentyabr kuni beshinchi albomning nomi Made in the A. M. boʻlishi maʼlum boʻldi[8]. Guruh Snapchatdagi akkauntida qoʻshiqlar roʻyxatini joylay boshlashadi va keyinchalik bu xabar iTunesda oʻz tasdigʻini topadi[9]. Guruh aʼzolari bu ularning eng yaxshi ishlari deb hisoblashlarini aytishgan[10].

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Drag Me Down" 2015-yil 31-iyul kuni albomning dastlabki singli sifatida taqdim etildi. U UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egalladi va birinchi haftada 2,03 million marta eshitilgan holda rekordni yangiladi[11]. AQShdagi Billboard Hot 100 chartida qoʻshiq uchinchi oʻrinni egalladi va birinchi haftada jami 350 ming marotaba yuklab olindi. Bu esa guruh uchun eng yuqori koʻrsatkich boʻldi[12]. „Perfect“ 2015-yil 16-oktyabr kuni albumning ikkinchi singli sifatida chiqarildi[13][14][15]. Qoʻshiq Buyuk Britaniyadagi chartda ikkinchi va Billboard Hot 100 chartida oʻninchi oʻrinni egalladi. Albom chiqarilgandan soʻng beshta qoʻshigʻi Hot 100da 10talikka kiritildi va bu bilan ular The Beatlesning natijasini yangiladi[16][17].

Tijorat natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyada Made in the A. M.ning birinchi haftadagi savdolari 93,189 tani tashkil qilib UK Albums Chartda birinchi oʻrinni egalladi. Bu ularning chartda bunday natijani qayd etgan toʻrtinchi albomi boʻlib, Justin Bieberning Purpose albomi chiqarilgunga qadar 2015-yil eng tez sotilgan albom boʻlib turdi. Albom birinchi haftada British Phonographic Industry (BPI) tomonidan kumush sertifikatini olgan va 2016-yilning 1-yanvar kuni 300 ming nusxada sotilgan holda platina sertifikatni qoʻlga kirtadi[18]. 2020-yil iyul oyi maʼlumotiga koʻra albom sotuv koʻrsatkichi AQShda jami 2 million nusxaga yetgan.

Treklist[tahrir | manbasini tahrirlash]

Made In The A.M. – Standard edition[19]
NomiMuallif(lar)Producer(s)Davomiyligi
1.„Hey Angel“
  • Julian Bunetta
  • John Ryan
  • Ed Drewett
  • Bunetta
  • Ryan
4:00
2.„Drag Me Down“
  • Bunetta
  • Jamie Scott
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
3:12
3.„Perfect“
  • Harry Styles
  • Louis Tomlinson
  • Bunetta
  • Ryan
  • Jacob Kasher
  • Jesse Shatkin
  • Maureen Anne McDonald
  • Bunetta
  • Shatkin
  • Afterhrs
3:50
4.„Infinity“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
4:09
5.„End of the Day“
  • Tomlinson
  • Liam Payne
  • Wayne Hector
  • Ryan
  • Drewett
  • Bunetta
  • Kasher
  • Gamal "LunchMoney" Lewis
  • Bunetta
  • Ryan
3:14
6.„If I Could Fly“
  • Styles
  • Johan Carlsson
  • Ross Golan
  • Carlsson
  • Noah "Mailbox" Passovoy[a]
3:50
7.„Long Way Down“
  • Payne
  • Tomlinson
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
3:12
8.„Never Enough“
  • Niall Horan
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
3:33
9.„Olivia“
  • Styles
  • Bunetta
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
2:57
10.„What a Feeling“
  • Payne
  • Tomlinson
  • Scott
  • Daniel Bryer
  • Mike Needle
Scott3:20
11.„Love You Goodbye“
  • Tomlinson
  • Bunetta
  • Kasher
  • Payne
  • Bunetta
3:16
12.„I Want to Write You a Song“
  • Bunetta
  • Ryan
  • Ammar Malik
  • Bunetta
  • Ryan
2:59
13.„History“
  • Payne
  • Tomlinson
  • Hector
  • Ryan
  • Drewett
  • Bunetta
  • Bunetta
  • Ryan
3:07
Jami davomiyligi:44:39

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lipshutz, Jason (August 25, 2015). „One Direction Producer: Hiatus 'Wasn't Decided Just Yesterday,' Impacted Upcoming Album“. Billboard. Qaraldi: November 13, 2015.
  2. „Does One Direction's 'Midnight Memories' Follow The Boy Band Third-Album Trend? | Billboard“. Billboard. Qaraldi: 2015-12-15.
  3. Yahr, Emily. „Sorry, boy band haters: One Direction seems unstoppable“ (en-US). The Washington Post (2014-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  4. „One Direction win fastest selling album of 2015 and 4th Number 1“. www.officialcharts.com. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  5. „Global Music Report“. International Federation of the Phonographic Industry (2016-yil 12-aprel). 2016-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
  6. Goodman, Jessica. „One Direction announce album name, Made in the A.M., and release date“. Entertainment Weekly (2015-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
  7. Forrester. „One Direction to 'SPLIT' in 2016: Live reaction as band prepare to go on extended hiatus“. mirror (2015-yil 24-avgust).
  8. „Made in the A.M: One Direction announce new album title and single 'Infinity'“. The Independent. Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  9. „One Direction's 'Made in the A.M.' Tracklist Revealed Via Snapchat“. Eonline (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  10. „One Direction Interview [FULL on 'Alan Carr: Chatty Man'“]. YouTube. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  11. „One Direction land at Number 1 and break Official Charts record“. Official Charts (2015-yil 7-avgust). Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  12. „One Direction's Niall Horan Reacts to 'Incredible' Hot 100 Debut of 'Drag Me Down'. Billboard. Qaraldi: 2015-11-08.
  13. Vain, Madison. „One Direction reveals next single, 'Perfect'“. Entertainment Weekly (2015-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
  14. Lipshutz, Jason. „One Direction's Next Single Has a 'Perfect' Title“. Billboard. Prometheus Global Media (2015-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  15. Corner. „One Direction's next single is 'Perfect' and it's out next week“. Digital Spy. Hearst Corporation (2015-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  16. „One Direction's 'Perfect' lands at No.2 on the Official UK Singles Chart: Pressparty“. Pressparty. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  17. „One Direction Beats Beatles' Record With Fifth Top 10 Debut on Hot 100“. Billboard. Qaraldi: 2015-11-08.
  18. Myers. „One Direction win fastest selling album of the year and a fourth Number 1“. OfficialCharts.com (2015-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 22-noyabr.
  19. Baxter-Wright, Dusty. „One Direction Announce Made in the A.M. Track List on Snapchat“. SugarScape (2015-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.