HarperCollins
![]() | |
Turi | Shoʻba korxona |
---|---|
Tarmogʻi | noshirlik |
Egasi | News Corp |
Qachon asos solingan | 1989-yil |
Joylashuvi |
![]() |
Xoʻjayinlar | Brian Murray |
Daromadi | $1,646 mlrd (2016)[1] |
Vebsayti | harpercollins.com |
HarperCollins Publishers LLC — dunyodagi yirik nashriyot kompaniyalaridan biri. Ingliz tilida chop etuvchi nashriyotlar „kuchli beshligi“ga kiradi. Shtab-kvartirasi New York shahrida joylashgan. News Corp kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya nomi Harper & Brothers va Row (birlashgandan keyingi nomi Harper & Row), Peterson & Company va britaniyaning William Collins, Sons kompaniyalari birlashishidan kelib chiqqan.
„Putin's People“ mojarosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jurnalist va yozuvchi Catherine Belton tomonidan yozilgan va 2020-yil aprel oyida nashriyotda chop etilgan Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) nomli kitob sababli bir nechta rossiyalik milliarderlar muallif va HarperCollins nashriyotini sudga berishdi[2]. Sud natijalariga koʻra tomonlar kelishuvga erishishdi. HarperCollins nashriyoti ushbu kitobning keyingi nashrlarida sudlashishga sabab boʻlgan maʼlumotlarni chop etmasligini maʼlum qildi[3][4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Annual Report 2016 on the SEC Filing Form 10-K“ (en). News Corporation (13-avgust 2016-yil). Qaraldi: 18-avgust 2016-yil.
- ↑ „Россиялик миллиардерлар Путин ҳақида китоб ёзган британиялик журналистни судга берди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 28 июль.
- ↑ „«Путиннинг одамлари» китобини чиқарган компания россиялик миллиардерларнинг талабига рози бўлди“. Bugun.uz. 30-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 30 июль. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-30).
- ↑ „Издатель книги "Люди Путина" удалит фрагменты, из-за которых Фридман и Авен подали иск“. ТАСС. Qaraldi: 28 июля 2021.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |