Neftchi Boku (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neftchi Boku Futbol Klubi (ozar. "Neftçi" Peşəkar Futbol Klubu) - Ozarbayjon poytaxti Boku futbol klubidir. Ozarbayjon Premyer Ligasida ishtirok etadi. Hozirda Ozarbayjonning amaldagi Chempioni hisoblanadi.

Tarixi[tahrir]

Klub 1937-yilda tashkil etilgan. 1968-yilgacha «Neftyanik» deb atalgan. "Neftchi Boku" Ozarbayjonning eng mashhur va bayroqdor klublaridan biri hisoblanadi. Sobiq Ittifoq paytida Oliy Ligada ishtirok etgan. Ozarbayjon mustaqilligi paytida esa 9 marta Chempionlikka erishib Ozarbayjonda eng mashhur klubga aylandi.