Kontent qismiga oʻtish

Emin Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emin Mahmudov
Emin Mahmudov Spartak Moskva klubi tarkibida (2011)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emin Cəbrayıl oğlu Mahmudov
Tavallud sanasi 27-aprel 1992-yil (1992-04-27) (32 yosh)[1]
Tavallud joyi Saatli, Ozarbayjon
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftçi Boku
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2010 Saturn
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 Saturn Ramenskoye 21 (1)
2011–2014 Spartak Moskva 13 (0)
2012 Tom Tomsk (Ijara) 8 (0)
2013 Kryilya Sovetov (Ijara) 12 (0)
2014–2016 Krylia Sovetov 6 (0)
2015–2016 Mordovia (Ijara) 18 (0)
2016–2017 Boavista 12 (1)
2017– Neftçi Boku PFK 183 (40)
Milliy terma jamoa
2009–2010 Rossiya U18 6 (3)
2010–2011 Rossiya U19 9 (3)
2011–2012 Rossiya U20 4 (1)
2012–2014 Rossiya U21 15 (2)
2016– Ozarbayjon milliy terma jamoasi 46 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 30-mart uchun)

Emin Mahmudov (27-aprel 1992-yilda tugʻilgan) — ozarbayjonlik professional futbolchi. Yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qiladi. „Neftçi Boku“ klubi va Ozarbayjon milliy terma jamoasi aʼzosi. Terma jamoa sardori. 2021 va 2022-yillarda Ozarbayjonda yil oʻyinchisi deb topilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saturn Ramenskoye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmudov 1992-yilda Ozarbayjonning Saatli shahrida tugʻilgan. Bolaligida oilasi bilan Rossiyaga koʻchib oʻtgan va „Saturn Ramenskoye“ akademiyasida futbol bilan shugʻullanishni boshlagan. 2010-yilgi mavsum davomida kattalar jamoasida harakat qilgan. Mahmudov Rossiya Premyer Ligasida 2010-yil 24-aprel kuni 17 yoshida debyut qilgan. Debyut uchrashuvida Moskvaning Dinamo klubiga qarshi bahs olib borgan[2]. Ilk golini 20-noyabr kuni „Anzhi“ darvozasiga kiritgan. Mahmudov Premer-ligadagi birinchi mavsumida jami 22 ta oʻyin oʻtkazgan.

Spartak Moskva[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Saturn“ klubi tarqatib yuborilgandan soʻng, Mahmudov 2011-yil 15 yanvarda Spartak Moskva bilan erkin agent sifatida uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi[3]. 2011—12-yilgi mavsumidagi birinchi oʻyinida Rostovga qarshi bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. Mahmudov Spartak safida mavsum davomida jami 12 oʻyinda ishtirok etgan. Muvaffaqiyatli startga qaramay, asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmagan. 2012 va 2014-yillar oraligʻida Mahmudov Premyer Liga jamoalari — Tomsk va Kryliya Sovetov safida ijara asosida harakat qilgan[4].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilgacha terma jamoa safida atigi bitta gol urgan. 2021-yilda milliy terma jamoa safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga 7 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar 5 taligiga kirgan. 2023-yilning 16-noyabr kuni Yevro-2024 saralashi doirasidagi Shvetsiyaga qarshi bahsda (3:0) dubl qayd etgan.

Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neftçi Boku PFK

  • Ozarbayjon premyer-ligasi gʻolibi: 2020-21

Krilya Sovetov

Rossiya-U21

Shaxsiy

  • Ozarbayjonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021, 2022


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. UEFA.com „Emin Makhmudov - Azerbaijan - European Qualifiers“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  2. „Game report by RFPL“. 2010-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-aprel.
  3. Maxmudov podpisal kontrakt so „Spartakom“
  4. Maxmudov vozvraщaetsya