Nasrullo qushbegi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasrullo qushbegi (19-asr oʻrta lari — 1918, Karmana) — mangʻitlar davrida nufuzli saroy arbobi, qoʻshbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, soʻngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910 yil yanvar voqealariaan keyin Ostanaqul qoʻshbegi oʻrniga qoʻshbegi ( bosh vazir) qilib tayinlangan. Said Olimxon qukmronligi davrida Nasrullo qushbegi mamlakatda amirdan keyingi nufuzli shaxs sifatida mamlakatning asosiy ishlari bilan shugʻullangan. Rus tilini yaxshi bilgani uchun amir no-midan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti bilan bevosita muloqotlar oʻtkazgan, bir necha marta Rossiyaga borgan.

Nasrullo qushbegi Buxorodagi jadidchilik harakatiga xayrixoxlik bilan qaragan. Amir Olimxon tomonidan Buxoroda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmon qabul qilinishida muhim rol oʻynagan (1917 yil 7 aprel). Lekin Buxoroda 1917 yil aprel namoyishidan keyin Olimxon Nasrullo qushbegini jadidlarni qoʻllabquvvatlaganlikda ayblaydi va uni lavozimidan olib tashlab, oʻrniga mutaassib Nizomiddin Urganjiyni qoʻshbegi qilib tayinla-di(1917 yil 15apr.). Nasrullo qushbegi Karmanaga joʻnatiladi va mahbuslikda saqlanadi. U Kolesov voqeasidan keyin amir Olimxonning farmoniga binoan, 17 kishilik oilasi va butun qarindoshurugʻlari bilan birga oʻddirilgan.

Ad.h Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T-, 1992; Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixigamateriallar, T., 1997; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (Foydali tarix), T., 2001.

Qahramon Rajabov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil