Kontent qismiga oʻtish

Nargis Qosimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nargis Qosimova
Tavalludi 1969-yil
Jizzah shahri
Fuqaroligi O‘zbekiston
Kasbi jurnalist
Ish joylari “Ekolog” jamoat birlashmasi direktori
Ilmiy unvoni filologiya fanlari doktori, professor
Veb-sayt https://nargis.uz/

Qosimova Nargis Sunnat qizi (1969-yil, Jizzax, OʻzSSR) — oʻzbek jurnalisti, filologiya fanlari doktori, professor, „Ekolog“ jamoat birlashmasi direktori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosimova Nargis Sunnat qizi 1969-yilda Jizzax shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1992-yili Moskva davlat universiteti Jurnalistika fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, 1993-yili Toshkent davlat universitetiga aspiranturaga oʻqishga kirgan. 1996-yil „Oʻzbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiyasi usul va shakllarining matbuotda yoritilishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009-yilda Oʻzbekiston milliy universiteti Falsafa fakultetini tugatgan.

Nargis Qosimova ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini tushunadigan va ularni izchil amalga oshirishda faol ishtirok etadigan tajribali, tashkilotchi, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini talab qila oladigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda „Ekologik jurnalistika Oʻzbekiston siyosatida: rivojlanish tendensiyalari va oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish usullari“ mavzusida (Doctor of Sсience) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan ilmiy ishi uchun dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

U jurnalistika nazariyasi borasida koʻp yillardan beri samarali izlanishlar olib boradi. Ana shu izlanishlar natijasida jurnalistika yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari talabalari, amaliyotchi jurnalistlar va sohaga qiziquvchi boshqa mutaxassislar uchun moʻljallangan.

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nargis Qosimova Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Istiqbolli media loyihalarni ishlab chiqish boʻlimida mutaxassis lavozimida ishlagan davrida hududiy teleradiokompaniyalar boshlovchi va diktorlari, yosh ijodkorlari uchun malaka oshirish oʻquv-seminarlari, Respublika televideniye va radio kasb-hunar kolleji oʻquvchilari uchun taniqli ijodkorlar, sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish va oʻtkazishda, „MTRK sovrini“ koʻrik-tanlovini, „UzHD“ telekanali faoliyatini tashkil qilish jarayonlarida faol qatnashdi.

U amaliyotchi jurnalist sifatida ham katta tajribaga ega. Respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan "Jizzax haqiqati", „Uchitel Uzbekistana“, „Sado“, „Region.uz“ gazetalari, „Fermer“ jurnalida, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat olib borgan. Yuqorida sanab oʻtilgan bosma nashrlardan tashqari, "Oila va jamiyat", "Hurriyat", "Ishonch", „Sogʻlom avlod uchun“ kabi gazeta va jurnallarda ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi koʻplab maqolalari chop etilgan. Bugungi kunda ham ommaviy axborot vositalarida oʻzining dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan faol qatnashib keladi.

Faolligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining media savodxonligini oshirish borasida amaliy izlanishlar ham olib boradi. Ayni paytda uning rahbarligida https://www.factchecker.uz/ sayti tashkil (2024-y.) etilgan boʻlib, sayt respublikada feyklarga qarshi kurashish borasida faoliyat olib bormoqda.

Qolaversa, mamlakatimiz aholisining ekologik madaniyatini oshirish, respublikamiz va dunyo ekologiyasi haqida xabardor qilish, bu boradagi huquqiy bilimini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan www.ekolog.uz internet nashrining bosh muharriri hisoblanadi.

Nargis Qosimova Oʻzbekiston Respublikasida ekojurnalistika maktabini yaratgan birinchi olima, ekojurnalist. Uning tashabbusi bilan 2019-yili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti,, 2021-yili Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti oʻquv dasturlariga „Ekojurnalistika“ fani kiritildi. 2024-yilda esa Nargis Qosimovaning saʼy-harakati bilan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida „Ekojurnalistika“ yoʻnalishi ochildi.

Bundan tashqari, uning rahbarligidagi „Ekolog“ jamoat birlashmasi nodavlat-notijorat tashkiloti va www.ekolog.uz sayti, Telegramdagi oʻzbek, rus, ingliz, qoraqalpoq tillarida yuritilayotgan https://t.me/ekologuz, https://t.me/ekologuzru, https://t.me/ekologuzenglish, https://t.me/ekologuzqr kanallari aholining ekologik bilim va madaniyatini oshirish, mamlakatimizda mavjud ekologik muammolarga jamoatchilik eʼtiborini qaratish, ularning yechimlarini izlash borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi bilan faol hamkorlik qilib keladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, „Oʻzarxiv“ agentligi Jamoatchilik kengashlari aʼzosi, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasining Ekologik jurnalistika kengashi raisi hisoblanadi.

Nargis Qosimova Oʻzbekistonda gender masalalari boʻyicha faol fuqarolik pozitsiyaga ega boʻlib, 2022-yili Oʻzbekistonda FAO tashkilotining gender boʻyicha milliy maslahatchisi lavozimida ish yuritgan. Jizzax viloyati „Qalb nuri“ markazi, YUNPFA, YUSAID xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi gender siyosatini targʻib qilish boʻyicha seminar-treninglar olib bormoqda. Telegram kanalda https://t.me/zoravonlikka_yol_yoq_netnasiliyu va Feysbukda „Biz zoʻravonlikka qarshimiz“ https://www.facebook.com/groups/2897676143676333?locale=ru_RU sahifalarini yuritib keladi.

Ayni paytda Nargis Qosimova Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, BMTTD, YUSAID, YEXHT, YUNESKO, YUNISEF, Acted, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining treneri.

Nargis Qosimova 2006-yildan boshlab jurnalistika yoʻnalishida oʻtkazilgan 30 dan ziyod xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan.

Nargis Qosimova mehnat faoliyati davomida oʻzini mehnatsevar, izlanuvchan, kamchiliklarga murosasiz, talabchan, masʼuliyatni chuqur his etadigan, tashabbuskor, ijtimoiy faol fuqaro sifatida ham namoyon etib, kuch-gʻayrati, bilimi va tajribasini aholining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish ishlariga safarbar etib, atrof-muhitdagi muammolarga ham jurnalist, ham fuqarolik faoli sifatida jamoatchilikning nazoratini qaratish orqali jamiyatni rivojlantirishga munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Nargis Qosimova „Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi“ (2011), „Inson huquqlari himoyasi uchun“ (2019), „Tabiat himoyachisi“ (2023) koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Qoʻllanmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli“, „Parlament jurnalistikasi: zamonaviy yondashuv va usullar“, „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining roli“, „Bolalar huquqlarining OAVda yoritilishi“, „Gender va media“, „Media etika“, „Onlayn jurnalistika“, „Samarali muloqot: Axborot xizmatlari uchun qoʻllanma“, „Internet nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida“, „Nodavlat notijorat tashkilotlar imijini shakllantirish: nazariya va amaliyot“, „Global iqlim oʻzgarishi va jurnalistika“, „Oʻzbekistonda suvdan foydalanish masalalarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi“, „Ziddiyatli vaziyatlarda jurnalistika“, „Ekojurnalistika“ kabi singari oʻzbek va rus tillarida 45 ta oʻquv qoʻllanma, shundan 9 tasi hammualliflikda, 4 ta darslik, 4 ta kitob, 3 ta monografiya shuningdek, 160 dan ortiq, jumladan oxirgi 3-yilda 40 dan ortiq ilmiy, 2000 dan ortiq publitsistik, tahliliy maqolalar muallifi, jurnalistikaga oid 10 tomlik ilmiy-ommabop toʻplamning 4 ta jildida hammuallif sifatida qatnashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]