Ishonch (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ishonch
Ishonch gazetasi logotipi
Formati A-2
Kimga tegishli Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Bosh muharrir Husan Ermatov
Tili Oʻzbek va rus
Bosh ofisi 100165, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro koʻchasi (sobiq Sharq Xaqiqati), 24
Adadi 31576
Vebsayt https://ishonch.uz/

Ishonch — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi davriy nashri. Gazeta 1991-yil 21-mart kuni ilk bor nashr etilgan[1]. 2018-yildan buyon barcha sahifalari rangli chop etib kelinmoqda[2]. Birinchi muharriri — Toʻlqin Qozoqboyev. Ishonch 2019-yil 3-may „Oltin qalam“ milliy mukofoti matbuot yoʻnalishi gʻolibi. 2023-yil hisobida gazetaning 31576 nafar pullik obunachilari mavjud.

Gazeta mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maʼrifiy hayotini yoritib boradi[3]. Ishonch 2018-yilda Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan gazetalar 5 taligidan joy olgan[4]. Shuningdek, shu kunga qadar gazetada chop etilgan tanqidiy maqolalar sababli koʻplab muommolarga yechim topilgan[5].

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oltin qalam“ Milliy mukofoti taqdirlash marosimi. 2019-yil. Suratda tahririyat jamoasi.

„Ishonch“ va „Ishonch-Doverie“ gazetalari tahririyat jamoasi 2018-yildan buyon oʻziga xos yillik ijodiy sarhisobi sifatida toʻplamlar chop ettirib kelmoqda[6]. Jumladan, „Bir yilga bir nazar“ (2018)[7], „Ishonch“ aytadiki…“ (2019)[8], „2020-millatni ulgʻaytirgan yil“ (2020)[9], „2021 fakt va dalillar, mulohaza va munozara, tanqid va tahlil, talqin va xulosalar…“(2021) va „Nigoh“ (2022)[10] kabi toʻplamlar. Ularda 1 yil davomida gazeta sahifalarida nomoyon boʻlgan ijodiy, ijtimoiy-siyosiy, tanqidiy, madaniy va maʼrifiy maqolalarning eng saralari nashr etilgan. Shuningdek, tahririyat tomonidan chop etilgan „Biz hayotdan rozimiz“ (2021)[11] toʻplamida davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan „Ayollar daftari“ sababli hayotlari ijobiy tomongga oʻzgargan ayollarning minnatdorilik maktublari, „Mening Prizedentim“ (2022)[12] toʻplamida Oʻzbekiston yoshlarining Prizedent Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh oʻzgarishlarga munosabati boʻlgan insholari, „Bir soʻz…“ (2021)[13] toʻplamida esa gazeta xodimlarining ijod namunalari jamlangan[6].

„Ishonch“ gazetasining shu paytgacha faoliyat yuritgan bosh muharrirlari
Ism-sharifi Faoliyat yillari
Toʻlqin Qozoqboyev 1991 — 1995
Saidakrom Saidvaliyev 1995 — 1998
Mirgʻiyos Qayumov 1998 — 2006
Abduholiq Abdurazzoqov 2006 — 2013
Jahongir Sharafboyev 2013 — 2018
Husan Ermatov 2018-yildan buyon

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ishonch gazetasi“. 24-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  2. „“Ishonch”ning istiqlolga tuhfasi“ (10-sentyabr 2018-yil). 19-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  3. „Ишонч“. 19-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  4. „O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qilayotgan 5 ta gazeta“ (9-iyul 2018-yil). 19-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  5. „“Ishonch” gazetasining “Bir manzilda 24 dorixona... ammo izlaganni topish dushvor” sarlavhali maqolasi yuzasidan rasmiy munosabat“ (30-iyun 2020-yil). 19-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  6. 6,0 6,1 „“Ишонч” ва “Ишонч-Доверие” газеталари таҳририяти“ (18-yanvar 2021-yil). 19-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  7. Bir yilga bir nazar. ISBN 978-9943-5457-1-7. 
  8. "Ishonch" aytadiki.... ISBN 978-9943-5930-4-6. 
  9. 2020-millatni ulgʻaytirgan yil. ISBN 978-9943-5725-4-6. 
  10. Nigoh. ISBN 978-9943-8518-0-1. 
  11. Biz hayotdan rozimiz!. ISBN 978-9943-7552-2-2. 
  12. Mening Prezidentim!. ISBN 978-9943-8001-4-4. 
  13. Bir soʻz…. ISBN 978-9943-6965-0-1. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]