Hurriyat (mustaqil gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"HURRIYAT" — ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi mustaqil ga-zeta. 1997-yil yanvardan Toshkent shahrida haftada 1-marta chop etiladi. Muassisi: Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi. Gaz.ning "Jurna-list tekshiruvi", "Tekshiruv", "Himoya", "Huquq", "Fikr", "Mu-lohaza", "Munosabat", "Javob", "Tafakkur", "Maʼrifat" kabi ruknlarida eng sara va oʻqishli maqolalar berib boriladi. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda V.Alimasov, Z.Isomiddinov, X.Doʻstmuhammad, Oʻ.Hayitov; huquqiy mavzuda H.Olimjonov, A.Jonuzoqov; maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda O.Joʻraboyev, N.Hasanov, I.Ubaydullayevalar qiziqarli maqolalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Adadi 5000 nusxa (2005).