Kontent qismiga oʻtish

Yalangtoʻsh Bahodir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yalangtoʻsh Bahodir
Mansab davri
1626-yil – 1656
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1578
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti 1656-yil
Samarqand, Buxoro xonligi
Bolalari Boybek, Iqlima bonu, Oybibi
Otasi Boyxoji
Istiqomat joy(lar)i Samarqand
Taʼlim
Dafn etilgan joyi Samarqanddan 12 km uzoqlikdagi Dahbetda
Unvoni

Yalangtoʻsh Bahodir (shuningdek, Yalangtoʻshbiy, Yalangtoʻshbiy otaliq, Abdulkarim Yalangtoʻshbiy Bahodir Boyxoji oʻgʻli kabi nomlar bilan tanilgan; 1578-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1656, Samarqand, Buxoro xonligi), Ashtarxoniylar davridagi harbiy mulkdor zodagonlarning yirik vakili. Oʻzbeklarning[1][2][3][4][5] Olchin qabilasidan boʻlib, 1626-yildan Samarqand hokimi vazifasini ham bajargan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II huzurida tarbiya topgan.

Ismining toʻgʻri yozilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Unga tegishli hujjatlarda uning ismi Yalangtoʻsh biy deb yozilgan[6]. Ushbu lashkarboshining Yalangtoʻshbiy shaklidagi ismi ham Buxoro xonligida[6], ham Safaviylar davlatida[7] yozilgan yozma manbalarda uchraydi.

Rossiya imperiyasi tarixshunosligida uni faqat Yalangtushbiy deb nomlaganlar[8]. Brokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻatida ham uni „Yalantush Bahadur“ deb nomlaganlar.[9].

Jahon sharqshunoslik adabiyotida faqat Yalangtushbiy ismi qoʻllanadi[10][11][12][13].

Qabr toshida Boyxoʻja oʻgʻli Yalantash ismi oʻyib yozilgan[14].

Uning qabri yonida oʻrnatilgan toshtaxtada hozirgi oʻzbek tilida „Yalantoʻsh Bohodur“ ismi oʻyib yozilgan.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yalangtoʻsh Bahodir Buxoroda tugʻilgan.

Yalangtoʻsh Bahodir oʻzbeklarning alchin (olchin)urugʻidan boʻlgan.[7][15][16], uning otasini esa Boyxoji deb ataganlar[17] [18], Otasi oʻgʻli bilan mashhur naqshbandiy yoʻnalishing soʻfiylik rahnamosi Mahdumi Aʼzam (14611542) avlodi — Xoʻja Hoshim Dahbetiyning shogirdlari boʻlishgan. Yalangtoʻshbiy va uning qizlari: Iqlima bonu, Oybibi Dahbetdagi qabristonga, Xoʻja Hoshim Dahbetiy oyoqlari pastiga dafn etilganlar[19]. 1643-yildagi hujjatga asosan uning savodli boʻlgan oʻgʻli Boybek boʻlgan. Lekin u otasidan oldin vafot etgan, 1650-yildagi hujjatda yozishlaricha, u vafot etgan[6].

Savodi va keyingi siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoroda boshqarish ilmi va harbiy ishni juda erta oʻrgandi. Ushbu tadbirda hokim Yalangtoʻshning yoshiga nisbatan yuksak aql-idrokini payqaydi.

Yalangtoʻsh forsiy-tojik tilini juda yaxshi bilgan. Uning nomidan tuzilgan barcha huquqiy hujjatlar hamda Registon maydonidagi madrasalardan biridagi yozuv ham forsiy-tojik tilida yozilgan.[20]

Boqi Muhammadxon ashtarxoniyning vafotidan soʻng 1605-yilda Yalangtoʻsh dastlab Vali Muhammadxonni qoʻllab-quvvatladi, soʻngra, 1611 yilda, boshqa Ashtarxoniylar hukmdori Imomqulixonni qoʻllab-quvvatlagan holda unga qarshi chiqdi[21] Natijada 1612-yilda yangi xon Yalangtoʻshni Samarqand amiri (vakili), keyinroq esa otaliq qilib tayinladi.

U Oʻrta Osiyoning xar xil yerlaridagi katta maydonlarga egalik qildi. Masalan, 1650-yilning 30-aprelida „Boyxojibiy oʻgʻli Yalantoʻshboy Oshura qushbegi oʻgʻillari Niyozbek va Xojibekdan 1000 tangaga Samarqandning Shovdor tumanidagi Posarchak mahallasidagi 2/6 bogʻ va 2/6 yer maydonini sotib olish“ haqidagi vasiqa tuzilgan[6].

Harbiy xizmatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1611-yil Imomqulixonni taxtga oʻtqazishda faol qatnashgan. Shundan soʻng Yalangtoʻsh Bahodirning mavqei ortgan, u Samarqandni 1626-yildan amalda mustaqil idora eta boshlagan. Unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtoʻsh Bahodirning oʻz qoʻshini boʻlib, atrofdagi tumanlarga bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta moddiy mablagʻ toʻplagan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623-yil va 1631-yil Eron.qoʻshinlari Balx viloyatiga kelganida"’ Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida katta qoʻshin yordamga kelgan.

1640-yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yoʻllab, unda Rus davlatini qalmiqlarga qarshi qurashida Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qoʻshin yuborishga tayyor ekanligini bildirgan.

1642-yil Imomqulixonning koʻzi koʻr boʻlib qolganda Yalangtoʻsh Bahodir va boshqalar amirlar Balxdan Nadr Muhammadni keltirib taxtga oʻtqazishgan. Nadr Muhammad Yalangtoʻsh Bahodirga Kobul atrofidagi DaraiSuf viloyati, Moʻlgʻon, Kahmerdni hamda tulkichi, sayqanchi, zirangi, kilachi, hazoranikudariy qabilalarini oʻtovlari bilan qoʻshib iqto tarzida inʼom etgan.

1645-yil Yalangtoʻsh Bahodir Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, xonga qarshi Xoʻjandda koʻtarilgan amirlar isyoniga boshchilik qilgan. Isyonchilar Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz sultonni asir olib Buxoroga yurish qilishgan. Buxoroning gʻarbidagi Oqtepa mavzeida ular Abdulazizni xon deb eʼlon qilib, soʻngra poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan soʻng shaharni tark etishga majbur boʻlgan. U boburiylardan Shoh Jahondan yordam soʻragan. 1646-yil Shoh Jahon Balxga kenja oʻgʻli Murodbaxshni katta qoʻshin bilan joʻnatgan. Bu qoʻshin Balx viloyatini himoya qilish oʻrniga uni bosib olgan. Boburiylar Balxda 2 yildan oshiq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam oʻrnasha olishmagan. 1648-yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qoʻshin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qoʻshin tarkibida Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligidagi qoʻshin ham boʻlgan.

Yalangtoʻsh Bahodir qatʼiyligi va harbiy pragmatizmi bilan ajralib turardi va botir unvonini qoʻlga kiritdi.

1612-yilda u Imomqulixon askarlariga boshchilik qilib Toshkent va Turkistonni qoʻlga kiritdi.

1612-yilda Imomqulixon askarlariga etakchi qilib qozoq xoni Esimxonga qarshi jangga joʻnatdi[22].

1614-yilda Xurosonga, 1618-yilda esa Hirotga yurish qildi. 1620-yillarda Ashtarxoniylar davlatining janubiy chegaralarini himoya qilgan holda hozirgi Afg'oniston hududida janglar olib bordi.

1621-yilda Tursun sultonning qozoq jangchilari hujumini qaytarish chogʻida ashtarxoniylar lashkari bosh qoʻmondoni boʻldi[23].

1628-yilda Imomqulixonning buyrugʻiga koʻra qozoq Abuli Sultonni Toshkentda yakson qildi va uni Qashqarga qochishga majbur qildi[24].

1636-yilda Imomqulixon qoʻshini Yalangtoʻsh boshchiligida Sayramga yurish qildilar, atrofidagi qozoq qabilalariga hujum qildilar. Yurish Dashti Qipchoq choʻllarigacha choʻzildi[25].

1640-yilda Yalangtoʻsh boshchiligidagi qoʻshin qozoq va koʻchmanchi oʻzbeklar yerlariga bostirib kelgan jungarlarni yakson qiladi. Keyinchalik Yalangtoʻsh tumanboshi (10 ming kishilik qoʻshinni boshqaruvchi) amalini qoʻlga kiritadi. Jungarlarning harbiy bosqini tugamaydi va keyinchalik jungʻarlar Yettisuv yerlariga qoʻqqisdan qirgʻinbarot hujumlarni amalga oshiradilar. Yalangtoʻsh Bahodir Samarqanddan 30 ming kishilik yaxshi qurollangan harbiy qism bilan qozoqlarga tushum undirish uchun keladi. Yalangtoʻsh lashkari Yettisuvni Botir-xuntoyji boshchiligida bostirib kelgan jungʻarlardan ozod qilishga yordam beradi.

1646-yilda buxoro xoni Abdulazizxon va Shoxjaxon oʻrtasida mojaro yuzaga keladi. Muhim ahamiyatga ega boʻlgan Xuroson va Balx shaharlariga ham Buxoro xonligi, ham Buyuk Moʻgʻullar davlati talabgor boʻlib chiqdi. Natijada urush alanga oldi. Xujamquli Balxiyning „Tarixi Qipchoqxoni“ nomli tarixiy manbasi maʼlumotlariga koʻra, Abdulazizxonning topshirigʻiga koʻra Yalangtoʻsh Bahodir buxoro jangchilari va qozoq koʻngilli askarlaridan tashkil topgan 100 ming kishilik qoʻshin tuzib Shohjahonning qoʻshinini tor-mor keltiradi. Bu safar ashtarxoniylar va Yalangtoʻshga qozoq dashtlaridan Jangirxon yordamga keladi. Keyinchalik Yalangtoʻsh juda koʻp muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi, Mashhadni qoʻlga oldi va talon-toroj qildi, u yerdan juda koʻp asir ustalarni olib keldi.

Bunyodkorlik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sherdor madrasasi, Samarqanddagi Registon maydoni

YA.b. obodonchilik, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, jumladan, Samarqandda Sherdor madrasa, Tillakori madrasa, Maxdumi Aʼzam masjidi, xonaqosi (1618) va boshqalar qurdirgan. Abu Tohirxojanit „Samariya“da yozishicha „Yalangtoʻsh Bahodirning qabri Samarqand yaqinidagi Dahbedda, Maxdumi Aʼzamning oyogʻi ostida, sufa ustida, mozor devorining ichidadur“. Yalangtoʻsh Bahodir haqidagi xalq orasida koʻplab rivoyatlar, afsonalar (mas, „Yalangtoʻsh botir“ hikoyasi) toʻqilgan.

Tilla-Qori madrasasi, Samarqanddagi Registon maydoni

Yalangtoʻsh Bahodir yangi inshootlar qurilishi va sanʼatni qoʻllab-quvvatlashdagi hissasi bilan ham mashhur.

Samarqandning qoq markazida Registon maydonida Yalangtoʻsh Bahodir yordami bilan Sherdor madrasasi qurildi, pirovardida ushbu inshoot tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlib qoldi.

Sherdor madrasasi devorida forsiy-tojik tilida yozilgan yozuvlardan birida aytiladiki, „amir-lashkarboshi, adolatli Yalangtoʻsh Bahodir“ uning asoschisi boʻlgan[26].

Shuningdek u Samarqandda Tilla-Qori madrasasini qurdi. Bu meʼmorchilik inshootlari zamonaviy Samarqandning bezaklari hisoblanadi va butun dunyodan turistlarni jalb qilmoqda.

Butun Sharq meʼmorchiligi sanʼati tarixida bu binolar bajarish mahorati boʻyicha yuqori oʻrinlarda turadi.

Yalangtoʻshbiy otaliqning yolgʻiz oʻgʻli amir Boybek vafot etgandan soʻng Yalangtoʻsh-biydan erkak nasl qolmagan va Registondagi madrasa qurilishini uning qizlaridan biri davom ettirgan. [27]

Yalangtoʻsh Bahodir Samarqanddan 12 km uzoqlikdagi Dahbetda oʻzining maʼnaviy murabbiysi oyoqlari ostiga dafn etilgan. Uning qizlari ham shu yerda dafn etilgan.

Dahbetdagi Yalangtoʻsh Bahodirning qabrtoshi

Hozirgi Samarqandning markaziy koʻchalaridan biriga Yalangtoʻsh Bahodir nomi berilgan.

2024-yilda Yalangtoʻsh Bahodir sharafiga Jahongir Ahmedov film ishladi va film oʻzbek kinosida burilish hisoblandi.

  • Samarqand v fotografiyax[sayt ishlamaydi]
  • Kattaev Komilxon, „Maxdumi Aʼzam va Daxbed“. Samarqand, 1994 g.
  • Abu Tohirxoja, Samariya, T.. 1991.
  • Axmedov B.A., Istoriya Balxa, T., 1982;
  • Axmedov B.A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., T., 1985;
  • Istoriya Uzbekistana, t. 3, T., 1993.
  • Xoroshxin A. P. Sbornik statey kasayuщixsya Turkestanskogo kraya A. P. Xoroshxina.. — S.Peterburg., 1876;
  • D.I. Evarnitskіy. Putevoditel po Sredney Azіi. Otʼ Baku do Tashkenta.— Tashkent., 1893. — S. 73-77.
  • V.I. Masalskіy. TURKYeSTANSKІY KRAY. — S.-PYeTYeRBURGЪ., 1913. — T. 12.
  • Burton Audrey. The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550—1702. — Curzon, 1997. — P. 207, 216.
  • History of civilizations of Central Asia / Editors: Chahryar Adle and Irfan Habib. Co-editor: Karl M. Baypakov. — UNESCO publishing, 2003. — Vol. V. — P. 47-48.
  • Kattaev Komilxon. Maxdumi Aʼzam va Daxbed. — Samarqand, 1994.
  • Xafiz-i Tanish Buxari Sharaf-nama-yi shaxi (Kniga shaxskoy slavi). Chast 1. Perevod s persidskogo, vvedenie, primechaniya i ukazateli. M.,1983
  • Kattaev K., Maxdumi Aʼzam va Daxbed. Samarqand, 1994, s.49,75
  • Ziyaev A., „Silsilat as-salatin“ kak istoricheskiy istochnik. T., 1990, s.56
  • R.D. McChesney The Amirs of Muslim Central Asia in the XVIIth century in Journal of the Economic and Social History of the Orient Vol. 26, No. 1 (1983).
  1. Хорошхин А. П. Сборник статей касающихся Туркестанского края А. П. Хорошхина.. — С.Петербург., 1876;
  2. Д.И. Эварницкій. Путеводитель по Средней Азіи. Отъ Баку до Ташкента.— Ташкент., 1893. — С. 73-77.
  3. В. И. Масальскій. ТУРКЕСТАНСКІЙ КРАЙ. — С.-ПЕТЕРБУРГЪ., 1913. — Т. 12.
  4. The Jahangirnama: memoirs of Jahangir, Emperor of India. Freer Gallery of Art and the Arthur M. Sackler Gallery, Smithsonian Institution, 1999
  5. Массон М.Е. Когда и сколько времени строилось медресе Тилля-кари в Самарканде // Архитектура и Строительство Узбекистана, №5, 1977, с.39
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 http://www.vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XVII/1600-1620/Dok_buchar_agrar_17_19/1-20/9.htm
  7. 7,0 7,1 Malik shax Xusayn Sistani, Xronika voskresheniya sarey. Perevod s persidskogo, predislovie, kommentariy i ukazateli L.P.Smirnovoy, Moskva: Vostochnaya literatura, 2000,s.494
  8. Veselovskiy N.I., Dagbid // Zapiski Vostochnogo otdeleniya imperatorskogo russkogo arxelogicheskogo obщestva. Pod redaksiey V.Rozena.. t.3. Spb.. 1888, s.87-93
  9. [{{{link}}} Yalangtoʻsh Bahodir] — Manba:ЭСБЕ
  10. Bartold V.V. Sochineniya. Tom 2, chast 1. Moskva: Vostochnaya literatura, 1963, s.271
  11. History of civilizations of Central Asia. Volume V. Editors: Chahryar Adle and Irfan Habib. Co-editor: Karl M. Baypakov, UNESCO publishing, 2003, p.47-48
  12. Burton Audrey, The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550-1702. Curzon, 1997, p.207,216
  13. [1] „Was soon after joined by another Tartar prince named Yalantush with twenty thousnad men, and Baatur thought it prudent to retire“
  14. Kattaev Komilxon, „Maxdumi Aʼzam va Daxbed“. Samarqand, 1994
  15. Uzbekistan — strana skazok. " Blog Archive " RYeGISTAN[sayt ishlamaydi]
  16. Ялангтуш-бия Аталыка-бахадура из узбекского рода Алчин, 2014-01-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-05
  17. Массон М.Е. Когда и сколько времени строилось медресе Тилля-кари в Самарканде // Архитектура и Строительство Узбекистана, №5, 1977, с.39
  18. 1606 g. fevralya 12. Kupchaya (vasika) Yalangush biya 87 sina Boy xodji baya
  19. Veselovskiy N.I., Dagbid // Zapiski Vostochnogo otdeleniya imperatorskogo russkogo arxelogicheskogo obщestva. Pod redaksiey V.Rozena.. t.3. Spb.. 1888, s.87-93; Kattaev K., Maxdumi Aʼzam va Daxbed. Samarqand, 1994, s.49,75
  20. http://www.vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XVII/1600-1620/Dok_buchar_agrar_17_19/1-20/6.htm
  21. Burton Audrey, The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550—1702. Curzon, 1997, p.132-133
  22. Encyclopædia Iranica | Articles, 2011-01-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-05
  23. Burton Audrey, The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550-1702. Curzon, 1997, p.154
  24. Burton Audrey, The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550-1702. Curzon, 1997, p.174
  25. Burton Audrey, The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550-1702. Curzon, 1997,p.189
  26. Kak perevodyatsya nadpisi na pamyatnikax Samarqanda: Registan, Gur Emir, medresse Ulugbeka, Bibi Xanim, Shoxi Zinda, Shaxi Zinda
  27. Массон М.Е. Когда и сколько времени строилось медресе Тилля-кари в Самарканде // Архитектура и Строительство Узбекистана, №5, 1977, с.39