Nabijon Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nabijon Sodiqjonovich Qosimov

Chapdan oʻngga: Matt Lashey, Nabijon Qosimov va Richard Grenell, 2019-yil 4-iyul, Berlin
 Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi
 
Mansab davri
2017-yil 23-oktabrdan – 2023-yil 26-sentyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Durbek Omonov
Vorisi Dilshod Ahatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-noyabr 1970-yil (1970-11-05) (53 yosh)
Toshkent

Nabijon Sodiqjonovich Qosimov — oʻzbek diplomati. 2013—2017-yillarda Oʻzbekiston xususiy sayyohlik uyushmalarining raisi. 2017-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Chexiya va Shvetsiyadagi elchisi[1][2].

Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini, 1998-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistraturasini tugatgan[3][4]. Nemis, ingliz, rus tillarini biladi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-1996 — O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „O‘zprodimpeks“ davlat savdo kompaniyasi xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi.

1996-1999 — O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „O‘zprodimpeks“ davlat savdo kompaniyasi eksport boshqarmasi boshligʻi.

1999-2000 — Oʻzbekistonning Olmoniyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi.

2000-2003 — Oʻzbekistonning Olmoniyadagi elchixonasi savdo va iqtisodiyot boʻyicha maslahatchisi.

2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar boshqarmasi guruh rahbari.

2004-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi.

2008-2013 — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi boshqaruv raisining maslahatchisi.

2013-2017 — O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi raisi[5].

2017-yil 23-noyabrdan 2023-yil 26-sentyabrgacha Oʻzbekistonning Olmoniyadagi elchisi lavozimida ishladi[6][7][8][9].

2017-yilning 28-noyabr kuni Olmoniya Prezidenti Frank-Walter Steinmeierga ishonch yorliqlarini topshirdi[10]. 2018-yilning 13-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Carl XVI Gustafga ishonch yorliqlarini topshirdi[11]. 2019-yilning 21-fevral kuni Praga shahrida Chexiya Prezidenti Miloš Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]