Durbek Omonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Durbek Umidovich Omonov
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi
Flag of Germany.svg
 
Mansab davri
2013-yil 4-iyuldan — 2017-yil 27-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Nabijon Qosimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-fevral 1965-yil (1965-02-28) (58 yosh)
Toshkent

Durbek Umidovich Omonov — oʻzbek diplomati. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveytsariya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi boʻlgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining umumiy davolash ishi fakultetini tamomlagan.

1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.

Hindiston xalqaro munosabatlar institutida “Iqtisodiy diplomatiya” yo‘nalishida tahsil olgan.

Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega[2].

Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-1995 – Toshkent davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura, aspirantura.

1995-1997 – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi.

1997-1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998-2001 – O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi ikkinchi kotibi.

2001-2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari boshqarmasida bo’lim boshlig’i.

2003-2004 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlari boshqarmasida bo’lim boshlig’i.

2004-2007 – O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2007-2010 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshlig’i.

2010-2013 – O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli.

2013-2017 – Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya, Shveytsariya, Chexiya va Ispaniyadagi (qarorgohi Berlinda) Favqulodda va Muxtor elchisi.

2017-2021 – Xususiy sektordagi faoliyat.

2021-2022 – JIDU rektori maslahatchisi.

2022-yildan – JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]