Martin Luther

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Martin Luther
Tavalludi 10-noyabr 1483[1]
Vafoti 18-fevral 1546[1]
Fuqaroligi Electorate of Saxony
Otasi Hans Luther
Onasi Margaretha Luther
Tomus secundus omnium operum, 1562

LYUTER (Luther) Martin (1483.10.11 — Eysleben — 1546.18.2) — Germaniyadagi Reformatsiya arbobi, lyuterchilik asoschisi. Erfurt universitetini tugatgan (1505). 1508-yildan Vittenberg universitetida dare bergan. Germaniyada katolik cherkoviga qarshi ijtimoiy harakat kuchaygan sharoitda L. 95 tezisi bilan indulgensiyaga qarshi chikdi. Katolik cherkovining asosiy aqidalarini inkor etuvchi bu tezislar uning yangi diniy taʼlimotining mohiyatini tashkil kildi. L. oʻzining yangi qoidalari bilan cherkov va ruhoniylarning jamiyatdagi hukmron mavqeini inkor etib, "ruhni xalos etish"ning yagona yoʻli bevosita xudo ato etgan xristian diniga eʼtiqod qilishdir, deb uktirgan. Bibliyani nemis tiliga tarjima qilgan va shu bilan umum nemis adabiy tili normalarini qaror toptirgan. L. asarlarining toʻla nashri nemis tilida (67 jildda), lotin tilida (38 jildda) chop etilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil