Kalvinizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kalvinizm — protestantizmdagi yoʻnalishlardan biri. Asoschisi J. Kalvin. Reformatsiya natijasida 16-asrda Jenevada vujudga kelib, Fransiya, Niderlandiya, Shotlandiya, Angliya va b. mamlakatlarga tarqalgan. K. taʼlimotiga faqat Muqaddas yozuvni tan olish, ilohiy qismatga ishonish, odamlarning najot topishida ruhoniylarning yordami zarurligini inkor etish, xoch va ikonaga sajda qilishni rad etish, cherkov marosimlarini soddalashtirish (ibodat paytida diniy musiqa chalmaslik, sham yoqmaslik, cherkov devorlarida tasvirlar boʻlmasligi) xos. K. bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketgan. K.ning hozirgi zamon tarafdorlari — kalvinistlar, reformatlar, presviterianlar, kongregatsionalistlar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil