Xlodvig I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Xlodvig I (Chlodvig) (465 yoki 466-511) — sali franklari qiroli (481 yildan), keyinchalik Frank davlati qiroli. Merovinglar sulolasidan. 486 yil Gallshting kichik bir kismini boshqargan. Rimning sobiq noibi Siagriy qoʻshinlari ustidan gʻolib kelib, oʻz yerini Luaragacha kengaytirib olgan va Frank davlatini barpo etgan. Alemannlar yerining katta kismini egallagan (496 y.). X.I. Galliyadan vestgotlarnch quvib chiqargan va Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻyidagi franklarni oʻziga boʻysundirgan. 496 yil xristianlikni qabul qilgan. Parijni oʻzining qarorgohiga aylantirgan. X.I qirollik hokimiyatini mustahkamlab, uni merosiy hokimiyatga aylantirgan. Uning davrida Sali haqiqati (franklarning huquqiy normalari toʻplami) yaratilgan.