Muhaqqaq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhaqqaq (arab.) —xattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz olti xat uslubidan biri. Kufiy xati asosida Ibn Muqlaʼ ixtiro qilgan deyiladi. Harflarning 1—2qismlari doirasimon, 4—5qismlari toʻgʻri chiziqlardan iborat. M.da "alif", "lom", "dol" va "kaf" harflari asosan yuqoriga qarab haddan tashqari choʻziq qilib yoziladi. Qad. maʼqaliy yozuviga oʻxshab ketadi. 717-asrlarda keng qoʻllangan. Oʻrta asr xattotlari M.ni eng mukammal va aniq yozuv deb hisoblaganlar; bu xatda aniq (tabiiy) fanlarga oid risolalar, Qurʼon, hadislar bitilgan, binolar kitobalarida ham qoʻllangan. Ibn Bavvob, Yoqut Mustaʼsimiy, Jalol Jaʼfar Hiraviylar bu xat ustasidir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil