Muhammad Sulton Mirzo
Muhammad Sulton Mirzo | |
---|---|
Muhammad Sulton, Pir Muhammad va Shohruhning nikoh to‘ylari. Bog‘i Bihisht, Samarqand. Zafarnomadan | |
Tavalludi | 1375-yil |
Vafoti |
1403-yil 13-mart Afyonqorahisor, Usmonli imperiyasi |
Bolalari | 12 |
Otasi | Jahongir Mirzo |
Onasi | Sevin Beg Xonzoda |
Muhammad Sulton Mirzo (1375—1403) – temuriy shahzoda; Amir Temurning nabirasi. Muhammad Jahongir Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli. U Oʻzbekxonni nabirasi Xonzoda (Sevin beka) begimdan tugʻilgan. Amir Temur suyukli oʻgʻli Jahongir Mirzo vafotidan soʻng, oʻzining barcha orzu-umidlarini M. S.ga bogʻlab, uni oʻzidan keyin toju taxtning yagona vorisi deb bilardi. M. S. bobosi Amir Temurga oʻxshab jasoratli, qatʼiyatli, zukko, dushmanga nisbatan shavqatsiz, dovyurak jangchi edi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Sulton 1375-yilda tugʻilgan. Jahongir Mirzoning (1356–1376) toʻngʻich oʻgʻli, Amir Temurning nabirasi. Onasi malika Xonzoda Begim (Oqsoʻfi Sevin-bek) (taxminan 1360-1411)[1], Xorazm hukmdori Husayn soʻfiyning qizi boʻlgan. Otasi Jahongir Mirzo A.Temurning merosxoʻri boʻlgan. Lekin oʻgʻli Muhammad Sulton tugʻilganidan bir necha oy oʻtgach vafot etgan[2][3]. Onasi Oltin Oʻrda xoni Jonibekning nabirasi boʻlib, keyinchalik Jahongirning ukasi Mironshohga qayta nikohlangan[4][5].
Harbiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1386-yilda Amir Temur Jaloiriylar sultonligining poytaxti Tabrizni egallaydi[6]. Shaharga oʻsha paytda endigina oʻn yoshda boʻlgan Muhammad Sulton hokim etib tayinlanadi[7]. Oradan besh yil oʻtib, 1391-yilda Muhammad Sulton bobosi bilan Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish ustiga qilingan harbiy yurishda hamrohlik qiladi. Dastlab, Muhammad Sulton asosiy kuchlar oldida harakatlanuvchi razvedka otryadlarining bir qismiga qoʻmondonlik qilgan, keyinchalik Amir Temur unga markazni topshirgan. 1391-yil iyun oyida Qunduzcha mavzesida boʻlib oʻtgan jangda Muhammad Sulton temuriylar qoʻshinining markaziga qoʻmondonlik qiladi[8].
1393-yilda Muhammad Sulton Eronda Muzaffariylar sulolasiga qarshi harbiy yurishda qatnashadi. U oʻzining kichik ukasi Pir Muhammad bilan birga Kurdiston orqali bir qancha viloyatlarni egallab oladi, soʻngra Amir Temurning asosiy kuchlariga qoʻshiladi. Temurning shaxsan oʻzi Muzaffariylar sulolasidan boʻlgan Eron hukmdori Shoh Mansurni taʼqib qiladi. Ikki raqibning qoʻshinlari Sheroz yaqinida toʻqnash kelgan. Temur chap qanotini Muhammad Sultonga, oʻng qanotini Pirmuhammadga, markazni esa kenja oʻgʻli Shohruhga topshiradi. Sheroz jangida Temur gʻalabaga erishadi. Shoh Mansur jangda halok boʻlgach uning mulki Amir Temur saltanati tarkibiga kiradi[9].
Muhammad Sulton 1395-yilda Toʻxtamishga qarshi harbiy yurishda bobosiga hamroh boʻlgan. U Terek daryosi boʻyida boʻlib oʻtgan jangda Amir Temur qoʻshinining oʻng qanotiga boshchilik qilib, Toʻxtamish qoʻshinining chap qanotiga katta zarar yetkazadi, uni chekinishga majbur qiladi va koʻp oʻtmay Toʻxtamishning oʻzi ham qochib ketadi. Keyingi yili Muhammad Sulton Fors koʻrfazi sohilidagi Hurmuzd viloyatiga yuboriladi. Bu viloyatda bir qancha qalʼalarni egallab olgan shahzoda mahalliy hukmdor Muhammadshohni Temur hokimiyatiga boʻysunishga majbur qiladi[10]. 1397-yil qishida Amir Temur Xitoyga qarshi boʻlajak yurishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida M. S.ga Yettisuvda Ashpara istehkomini qurishga va u yerda dehqonchilikni rivojlantirishga farmon bergandi. Shu maqsadda M. S.ga 40 ming qoʻshin berilgan. 1399-yil M. S. mana shu chegara istehkomidan moʻgʻullarga qarshi kurashda foydalanmoqchi boʻlgan, biroq Fargʻona hokimi Iskandar mirzo undan avvalroq oʻzboshimchalik bilan Sharqiy Turkistonga zafarli yurish qilgan. Shu tufayli shahzodalar oʻrtasida nizo tugʻilib, 1400-yil M. S. buyrugʻiga koʻra, Iskandar Samarqandga keltirilib, hibsga olingan, uning otabegi va 26 navkari qatl etilgan. 1399-yil Amir Temur „Yetti yillik“ yurishga ketar ekan, Samarqand hukmronligini 23 yoshli M. S.ga topshirib ketadi. 1401-yil mart oyida Amir Temur Suriyada turib M. S.ga sobiq Hulaguxon tasarrufida boʻlgan viloyatlarni (Iroq yoki Shim.-Gʻarbiy Eron) boshqarish haqida farmon yuboradi. 1402-yilda Amir Temurning Boyazid I Yildirimga qarshi yurishida M. S. faol qatna-shadi. U Kichik Osiyoning gʻarbiy chekkasigacha boradi. U yerdan qaytayotib, 1403-yil 12-martda Qora Hisor mavzeida shamollab 27 yoshida vafot etadi. M. S.ni u qurgan madrasaga dafn qilishgan.
Samarqandda madrasa barpo etishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temur davrida Samarqandda 20 dan ortiq madrasa qurilgan boʻlsa, 1401-yilda Muhammad Sulton tomonidan Samarqandda birinchi marta butun bir oʻquv majmuasi barpo etilgan. Muhammad Sulton madrasasi sharqdan hovliga, gʻarbdan esa xonaqohga tutashgan. Hovli toʻrtburchak rejali, burchaklarida minoralar koʻtarilgan. Madrasa ikki qavatli boʻlib, 29 ta hujradan iborat edi. Uning toʻrt burchagida gumbazli xonalar boʻlgan: sharqiy tomonda auditoriyalar (darsxona), gʻarbiy tomonda esa ansambl hovlisiga qaragan maqbaralar (goʻrxona) joylashgan. Madrasa roʻparasida xonaqoh qurilgan[11]. Madrasaning bosh muallimi Jamoliddin Ahmad al-Xorazmiy boʻlgan[12]. Muhammad Sulton vafotidan soʻng Amir Temur uning xotirasiga atab maqbara qurish haqida farmon bergan. Maqbara Madrasa hovlisining toʻriga bunyod etilgan[13].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Sulton 1403-yil 12-martda Afyonqorahisor shahri yaqinida vafot etgan. Temur suyukli nabirasining oʻlimiga qattiq qaygʻurgan va butun qoʻshinga qora motam kiyimini kiyishni buyurgan. Ikki yuz otliq Muhammad Sulton jasadini Avnik qal’asiga kuzatib qoʻygan. U Sultoniya shahri yaqinidagi Kedara madrasida dafn etilgan.
1404-yilda vafotining bir yilligida Muhammad Sultonning jasadi onasi tomonidan qayta dafn etish uchun Samarqandga olib ketilgan. 1405-yilda vafotidan keyin Amir Temur shu yerda Goʻri Amir maqbarasida nabirasi yoniga dafn etilgan. Dastlab faqat Muhammad Sulton uchun moʻljallangan qabr temuriylar sulolasi maqbarasiga aylandi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Andoza:Нп3. The Timurid dynasty. Indiana University, Research Institute for Inner Asian Studies, 1990 — 17-bet.
- ↑ Marefat, Roya. Beyond the Architecture of Death: Shrine of the Shah-i Zinda in Samarqand. Harvard University, 1991 — 238-bet.
- ↑ Intellectual studies on Islam: essays written in honor of Martin B. Dickson. Andoza:Нп3, 1990. ISBN 978-0-87480-342-6.
- ↑ Dickson, Mazzaoui & Moreen (1990, s. 113)
- ↑ Karomatov, Ḣamidulla. Amir Temur in world history. Shaq, 2001 — 57-bet.
- ↑ Pfeiffer, Judith. Politics, Patronage and the Transmission of Knowledge in 13th - 15th Century Tabriz. BRILL, 2013 — 345-bet. ISBN 978-90-04-26257-7.
- ↑ Jamaluddin, Syed. The state under Timur: a study in empire building. Har-Anand, 1995 — 84-bet.
- ↑ Andoza:Нп3. Tamerlane: Sword of Islam, Conqueror of the World. HarperCollins Publishers, 2012 — 184—187-bet. ISBN 978-0-00-736973-7.
- ↑ Qazvini (1913, ss. 205–06)
- ↑ Andoza:Нп3; Andoza:Нп3. A Comprehensive History of India: The Delhi Sultanat: (A.D. 1206-1526). People's Publishing House, 1970 — 118-bet.
- ↑ „Ансамбль Мухаммед-Султана > Познавательные Туры по Самарканду“. 2019-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
- ↑ Bartold V., Sochineniya t.2. chast 2. M., 1964, s.435-436
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Masson, M. E.; Pugachenkova, G. A.. Shakhri Syabz pri Timure i Ulug Beke ("Shahr-i Sabz from Tmur to Ulugh Beg"), Iran: Journal of the British Institute of Persian Studies. Iran: Journal of the British Institute of Persian Studies, 1980 — 129-bet.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |