Muzaffariylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzaffariylar davlati - 14 a.ning 40—50-yillari boshida Eronda mavjud boʻlgan davlat. Hulokuiylar davlatinnng inqirozidan keyin vujudga kelgan. Unga moʻgʻullarning Yazddagi no-ibi Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (Elxoniylarning Yazddagi noibi) asos solgan. U Erondagi moʻgʻul davlatining tanazzulga uchraganidan foydalanib, Kermon (1340), Fors (1353) va Isfahon (1356)ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Amir Temur 1393 yilda Janubiy Eronni bosib olgandan keyin Muzaffariylar davlati barham topgan. H. Qazviniyning "Tarixi guzida" ("Tanlangan tarixlar") asarida Muzaffariylar davlati tarixini Mahmud Qutbiy (15-asr boshi) yozganligi qayd etilgan. Muzaffariylar davlati hukmdorlari: Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (1314—58); Shoh Mahmud (1358—64); Jaloliddin Shoh Shujoʼ (1364-84); Mansur (1387-93).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil