Muhammad Alixon madrasasi (Quva)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Madrasa
Muhammad Alixon madrasasi
(Madalixon madrasasi)

Muhammad Alixon madrasasi
MosqueICO.png
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Quva
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Alixon
Homiylar Muhammad Alixon
Asosiy sana:
Maqomi saqlanib qolmagan
Hujralar soni 10


Muhammad Alixon madrasasi (Madalixon madrasasi)Quvada saqlanib qolmagan madrasa. 1824-yilda oʻzbek hukmdori Muhammad Alixon donatorligida Qoʻqon xonligi Quva qishlogʻining Gurunchfurush dahasida[1] bunyod etilgan[2][3] yoki XVIII asr oxirida (ikkinchi yarmida[4]) mahalliy oʻziga toʻq, badavlat tadbirkorlardan biri donatorligida bunyod etilgan va 1824-yilda unga Muhammad Alixon ham vaqf mulki ehson qilgan[2].

1824-yil Muhammad Alixon (1822—1841) madrasaga, taxminan, 250 kesh yer uchastkasini ehson qilib, vaqfnoma tuzdirgan[1]. V. P. Nalivkin uni Muhammad Alixon madrasasi deb nomlagan[2]. Podpolkovnik Yantsinga koʻra madrasa Muhammad Alixon (Madalixon) madrasasi deb notoʻgʻri nomlangan, vaqfnomada madrasa nomi koʻrsatilmagan. Yantsin mahalliy aholidan madrasa qachon qurilganini soʻrab surishtirgan. Qishloq aholisining bergan maʼlumotlariga koʻra, Umarxon (1810—1822) hukmronligiga qadar, Norboʻtabiy (1763—1798) yoki Olimxon (1801—1810) davrlarida mahalliy aholi tomonidan masjid va uning qoshida madrasa bunyod etilgan[5]. Ushbu maʼlumotlarga asoslanib, Qoʻqon xonligi madrasalari tarixini tadqiq qilgan I. A. Alimov madrasa XVIII asr oxirida (ikkinchi yarmida[4]) mahalliy oʻziga toʻq, badavlat tadbirkorlardan biri donatorligida bunyod etilgan va unga Muhammad Alixon ham vaqf mulki ehson qilgan, degan xulosaga kelgan[2].

Muhammad Alixon madrasasi Quva qishlogʻidagi 2 madrasadan biri boʻlgan[6]. 10 ta (yoki 12 ta[1]) hujra va 1 ta darsxonadan tashkil topgan. Unda 40 nafar talabaga 3 ta mudarris ilm bergan[2]. Yantsin bergan maʼlumotlarga koʻra, unda qishda 28 nafar, yozda 6—10 nafar talaba oʻqigan. Madrasa mutavallisi vaqf qilingan yerni chorakorlarga hosilning 2/5 qismini toʻlash sharti bilan ijaraga bergan[1].

1898-yilda madrasa mavjud boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Alimov 2017, p. 100.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Alimov 2017, p. 59.
  3. Alixojiyev 2012, p. 76.
  4. 4,0 4,1 Alimov 2017, p. 99.
  5. Alimov 2017, p. 99—100.
  6. Alimov 2017, p. 105.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alimov I. A.. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017. — s. 302. ISBN 978-9943-19-405-2. 
  • Alixojiyev M. O.. Qoʻqon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan oʻrni (1800—1876-yy.). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: Qoʻlyozma huquqida, 2012. — s. 182.