Changchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Changchi — gulli (urugʻli) oʻsimliklar gulining asosiy kismi. Ch. changdon va changchi ipidan iborat. Ch. oziq moddalar (qand, yogʻ, mineral tuzlar, oqsil)ga boy boʻlib, ular chang donachalarining oʻsishi uchun sarflanadi. Ch. tarkibida urugʻlanish jarayoni uchun zarur fermentlar, karotinoidlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar bor. Ch.ning yashash xususiyati har xil oʻsimlik turlarida turlicha. Shuning uchun sunʼiy changlantirishda Ch.ni saqlashning turli usullari ishlab chiqilgan.