Miniforce X
![]() | Ushbu maqola mavzusi Vikipediyaning filmlar uchun ensiklopedik ahamiyatga molik koʻrsatmalarga mos kelmaydi. |
Minifors Iks (koreyscha: 미니특공대X) SAMG Entertaimant tomonidan yaratilgan koreys animatsion seriali. Multserial ,,Miniforsʼʻ (미니특공대) nomli filmlar turkumining ikkinchi animatsion filmi hisoblanadi. Uning 2 ta mavsumi mavjud.
Minifors Iks | |
---|---|
![]() | |
Boshqa nomi |
|
Janri | |
Formati | 3D animatsiya |
Rejissor | Youngjun Lee |
Ovoz berganlar |
Um Sang-Hyun Shin Yon-Vuu Jeon Tae-Yeol Lee So-Yeong |
Qismlar boshidagi musiqa |
(oʻzbek tiliga tarjima qilingan) |
Mamlakat |
![]() |
Til(lar) | |
Mavsumlar soni | 2 |
Qismlar soni | 26 |
Qism davomiyligi | 12 daqiqa |
Ishlab chiqaruvchi kompaniya(lar) | SAMG Entertaimant |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal |
Oʻzbekistonda: |
Premyera sanasi | 30-may 2018-yil — 25-aprel 2019-yil |
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kosmik qaroqchilar toʻdasi Paskal magʻlub boʻlganidan bir necha yil oʻtgach, kuchli va sirli usta Zenos boshchiligidagi DanDan jamoasi (Kara, Dante va Dancho) Yerdan salbiy energiya manbalarini qidirdi. Toʻliq tirilirish va yengilmas kuchga ega boʻlish uchun Zenos jonli mavjudotlar oʻz kuch manbai sifatida yaratadigan qoʻrquv va qaygʻu kabi katta miqdordagi salbiy his-tuygʻularga muhtoj edi. Tirik mavjudotlar miqdori va mumkin boʻlgan salbiy energiya tahlil qilingandan soʻng, Yer ekipajning asosiy maqsadiga aylandi. Insoniyat oʻrtasida tartibsizlik va falokatlarni keltirib chiqarish, umidsizlik, qaygʻu, qoʻrquv va ogʻriq - Zenos oziqlanadigan barcha energiya edi. Ushbu energiyani yigʻish uchun Zenos DanDan jamoasini har safar oʻz qoʻl ostidagilaridan biri bilan bir necha bor Yerga yuborishni boshladi. Oʻzlarining noyob, shafqatsiz qobiliyatlari bilan bosqinchi musofirlar begunoh tinch aholi uchun katta tartibsizliklarni keltirib chiqardilar. Kutilganidek, yangi paydo boʻlgan Minifors Iks qahramonlari yangi dushmanlarga oʻzlari himoya qilish uchun tugʻilgan odamlarni qiynoqqa solishlariga yoʻl qoʻymaydilar. Shunday qilib, Volt, Semmi, Maks va Lyusi, maxsus agent Rey va ikkita yangi hamkasb Leo va Jeki bilan birga qadam tashlaydi. Shunday qilib, Zenosga qarshi Minifors Iksʼning yangi missiyasii boshlanadi!
Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Agentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qahramonlar | Ovoz berganlar |
---|---|
Volt | Um Sang-Hyun |
Semmi | Shin Yon-Vuu |
Maks | Jeon Tae-Yeol |
Lusiy | Lee So-Yeong |
Rey | Nam Do-Xyun |
Jeki | |
Rio |
- Volt – Miniforsning moviy agenti. Kuchli, chapdast va biroz komedik. Jamoa sardori. Transformatsiyalanmagan paytida peshonasida yashin surʼati tushirilgan xuddi shu rangli olmaxon. Asosiy kuchi - tezlik. Asalarilardan qoʻrqadi. Tranformatsiyalangandagi asosiy qurollari Volt Gun X va Volt Sword X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida boʻri va yoʻlbarsning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan oʻz poyga mashinasiga, Pentatronda Jeepʼiga ega.
- Semmi – Miniforsning qizil agenti. Ogʻir-bosiq va har doim jiddiy. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli yopinchiqqa ega ukku. Asosiy kuchi - sakrash. Balandlikdan qoʻrqadi. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Semmi Sword X va Semmi Bow X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida koʻrshapalak va burgutning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan oʻz pleneriga, Pentatronda Vertolyotiga ega.
- Maks – Miniforsning sariq agenti. Baʼzan nimadandir norozi va bir oz ochofat. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli ayiq bolasi. Asosiy kuchi - kuch (zarba). Ochlikdan qoʻrqadi. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Maks Aks X va Maks Pulemyot X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida ayiq va gorillaning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan burgʻulash mashinasiga, Pentatronda yuk mashinasiga ega.
- Lusiy – Miniforsning pushti agenti. Hissiyotlarga (oz boʻlsa-da) beriluvchan. Shu bilan birga u jamoaning yagona ayol agenti. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli tulki. Asosiy kuchi - himoya. Qarilikdan qoʻrqadi. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Lusiy Rod X va Lusiy Gun X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida tulki va oqqushning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan Ferrariga, Pentatronda Sement mashinasiga ega.
- Rey – Miniforsning qora, maxsus agenti. Jiddiy va kuchli. Transformatsiyalanmagandagi qiyofasi va asosiy kuchi hamda qoʻrquvi ma'lum emas. Transformatsiyalangandadagi asosiy qurollari Rey Gun X va Rey Sword X. Boshqa quroli X-disk. X-disk'ida qora panteraning kuchi bor. Robotga aylana oladigan Qirgʻiy koʻrinishidagi samolyotiga va poyga mashinasiga ega.
- Jekiy – Miniforsning yashil agenti. Voltni ustoz deb biladi va uning muxlisi hamda u uchun hamma narsaga tayyor. U faqat ikki marotaba missiyada qatnashgan. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli maymun. Asosiy kuchi va qoʻrquvi ma'lum emas. Transformatsiyalangandagi asosiy quroli Jekiy Sword X. Boshqa qurollari yoʻq.
- Rio – Miniforsning maxsus agenti. Ikkinchi mavsumda paydo boʻladi. Jiddiy. Transformatsiyalanmagan paytida koʻk chiziqli yoʻl-yoʻl qora mushuk. Olim boʻlgan va oʻzi uchun maxsus bilakuzuk yasagan. Uning aytishicha, bu bilaguzuk oʻz kamchiliklarini toʻldiradi. Asosiy kuchlari - tezlik, sakrash, kuch (zarba). Qoʻrquvi ma'lum emas. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Rio Gun X va Rio Sword X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol Iks va Ikki karrali qilich-qurol Iks kombibatsiyasi. Pentatronda robotga aylana oladigan Tankiga ega.
Ittoqchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Qoʻmondon Chen – Minifors Iks qoʻmondoni, muxbiri va murabbiyi.
- Ipas (Ovozi Soyeon) – Minifors shtab-kvartirasining boshligʻini yordamchisi va missiya nazoratchisi.
- Suzi (Ovozi Soyeon)– Miniforslarning doʻsti va qoʻriqchisi.
- Mia (Ovozi Hayoung Kim) – Rioning yordamchi menejeri.
- Lui – Suzining ukasi.
Yovuzlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Zenos (Ovozi Ventjun Sun)– asosiy yovuz. U salbiy energiya bilan oziqlanadi.
- Zord – Zenosning jangovar maslahatchisi, 2-mavsumda paydo boʻldi.
Ikkinchi darajali[tahrir | manbasini tahrirlash]
- DanDan jamoasi – Dante (Ovozi Vuntjun Sun), Dancho (Ovozi Vuntjun Sun) va Kara (Ovozi Kim Eun-Deh) Zenosning sobiq maslahatchilari. Zenosga qarshi Miniforsga qoʻshiladi (2-M 21-Q).
Maxsus epizodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Duri amaki (Ovozi Nam Do-Xyun) – Suzining amakisi. U lagʻmon yeyishni yaxshi koʻradi, gitara chaladi va har doim gʻalati ishlarni qiladi.
- Suziyning onasi
- Nonvoy bobo – novvoyxonani boshqaradigan va Voltning sevimli pishiriqlarini tayyorlaydigan mehribon keksa bobo.
- Terri – Suzining sevgan yigiti (1-mavsumning 7-8-qismlarida paydo boʻlgan).
- Roy – yosh, iste'foga chiqqan boshlangʻich maktab oʻqituvchisi. Lyusining sevgilisi va Pushti Renjerning muxlisi (1-fasl 17-18-qismlarida paydo boʻlgan).
- Tommi – oyoq kasalliklari bilan og'rigan yosh bemor, sobiq Moviy Renjerning muxlisi, keyinchalik Moviy Ranjerdan tashqari barcha Miniforslarning muxlisi(1-mavsum 21-22-qismlarida paydo bo'lgan).
Qismlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum | Qismlar soni | Koʻrsatish davomiyligi | ||||
---|---|---|---|---|---|---|
№ | Mavsum nomi | Mavsum premyerasi | Mavsum finali | |||
1 | Minifors Iks | 13 | 30-may 2018 | 23-avgust 2018 | ||
2 | Minifors Iks: Pentatron | 13 | 30-yanvar 2019 | 25-aprel 2019 |
№ | Nomi | Premyera sanasi |
---|---|---|
1 | ![]() Olgʻa, X mashinasi |
2018-yil 30-may 31-may, 2018-yil |
2 | ![]() Yolgʻon toʻri |
2018-yil, 6-iyun 7-iyun, 2018-yil |
3 | ![]() Haqiqiy doʻstlik |
2018-yil, 13-iyun 14-iyun, 2018-yil |
4 | Shubhali poyabzal Raqqos kelgindilar |
2018-yil, 20-iyun 21-iyun, 2018-yil |
5 | Jodugarning la'nati Olgʻa, kichkintoy Maks |
2018-yil 27-iyun 28-iyun, 2018-yil |
6 | ![]() Bobomning shirinliklarini asrang! |
2018-yil, 4-iyul 5-iyul, 2018-yil |
7 | ![]() Barcha kuch birdek |
2018-yil, 11-iyul 2018-yil, 12-iyul |
8 | Ko'rinmas dushman Zenos bilan uchrashuv |
18-iyul, 2018-yil 19-iyul, 2018-yil |
9 | ![]() Oshiq Lyusi |
2018-yil, 25-iyul 2018-yil, 26-iyul |
10 | Qora ritsar![]() |
2018-yil, 1-avgust 2-avgust, 2018-yil |
11 | Bajarilmagan va'da Toʻrt klan! |
2018-yil, 8-avgust 9-avgust, 2018-yil |
12 | Soxtasini toping! Danbot Zed hujumi |
2018-yil, 15-avgust 2018-yil, 16-avgust |
13 | Haqiqiy Zenos Maxsus hujum |
2018-yil 22-avgust 2018-yil, 23-avgust |
14 | Sirli graffiti shov-shuvi Graffiti tirik! |
2019-yil, 30-yanvar 2019-yil, 31-yanvar |
15 | Lagerga boradigan yoʻlda muammo Endi harakat kasalligi yo'q |
Fevral 6, 2019 Fevral 7, 2019 |
16 | Volt yovuzlik tarafda Jackie's Sacrifice |
2019-yil, 13-fevral 14-fevral, 2019-yil |
17 | Moviy binafshalarning hidi Qotil yomgʻirning kimligi |
20-fevral, 2019-yil 21-fevral, 2019-yil |
18 | Dahshatli viktorina shousi Lyusi Viktorinalar qirolichasi |
27-fevral, 2019-yil 28-fevral, 2019-yil |
19 | Daho olim Rio![]() |
6-mart, 2019-yil 7-mart, 2019-yil |
20 | Magical Girl Alien Sehrli Soul Change Proar |
13-mart, 2019-yil 14-mart, 2019-yil |
21 | Besh a'zoli o'zga sayyoralik Besh termoyadroviy! |
2019-yil 20-mart 21-mart, 2019-yil |
22 | Rio baliqchilar qiroli Tumandagi soya |
27-mart, 2019-yil 28-mart, 2019-yil |
23 | Qattiy qaror Yakuniy missiya |
2019-yil 3-aprel 4-aprel, 2019-yil |
24 | Zordning dahshatli hiylasi Hamma Zenosga qarshi |
2019-yil, 10-aprel 2019-yil, 11-aprel |
25 | Koinotdagi missiya![]() |
2019-yil, 17-aprel 18-aprel, 2019-yil |
26 | Yer xavf ostida![]() |
24-aprel, 2019-yil 25-aprel, 2019-yil |
Teatr versiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Miniforce The Movie: Yangi yovuz hujumi (2015)
- Miniforce filmi: Yangi qahramonning tugʻilishi (2016)
- Miniforce X (2018)
- Miniforce The Movie: Dinozavrlar qiroli (2020)
- Miniforce: Gamburger Maxluqi hujumi (2020)
Filmlar turkumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
№ | Film turkumi nomi | Koʻrsatish davomiyligi | ||
---|---|---|---|---|
Ilk qism sanasi | Soʻnggi qism sanasi | |||
1 | Minifors | 3-sentabr 2014 | 25-may 2015 | |
2 | Minifors Iks | 30-may 2018 | 25-aprel 2019 | |
3 | Miniforce Super Dino Power | 29-avgust 2019 | 4-dekabr 2020 | |
4 | Miniforce Super Dino Power 2 | 12-aprel 2021 | 19-aprel 2021 | |
5 | Minifors Animaltron | 3-sentabr 2021 | - |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |