Mushuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Mushuk
Turkish Van Cat.jpgКатегория:Википедия:Статьи с переопределением значения из Викиданных
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Tartib: Carnivora
Oila: Felidae
Avlod: Felis
Tur: F. silvestris
Trinomial nomi
Felis silvestris catus
Schreber, 1775
Cat on a Book.jpg
Oczy kota domowego -Aw58-.JPG

Mushuklar yoki uy mushuklari (Felis Silvestris Catus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Oldin uy mushugini aloxida tur sifatida xam qarashgan. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz bilan miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2 marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuqboʻladi. M.ning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar bilan, Sumatra M. i oʻsimliklar mevasi, baliqchi M., asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya M.i kenja turi barcha xonaki M.ning nayel boshi hisoblanadi. Xonaki M. kemiruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni yeb zarar keltiradi. 10 000 yil ichida mushuklar kemiruvchilarga ov qilganligi sababli odam tomonidan qadrlangan. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan (yana q. Xonaki mushuklar).[1] 1958-yil "Tabiat sistemasi" asarida Karl Linney tomonidan uy mushugiga Felis catus nomi berilgan. Iogan Xristian fon Friber 1775 yilda yovvoyi mushukka Felis silvestris nomini berdi. Uy mushugiga Felis silvestris catus nomini biriktirish 2003 yilning mart oyida Zoologik nomenklatura bo'yicha xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan. Mushuklarni xonakilashtirish bundan 9500 yil oldin Yaqin Sharqning Serhosil Yarimoy tumanida ro'y bergan.

Mushuk (Felis silvestris catus) Felidae oilasiga mansub, sut emizuvchi bir hayvondir.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil