Xudo: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Bot Qoʻshdi: pnb:اللّہ
k r2.6.5) (Bot Qoʻshdi: hif:God
Qator 90: Qator 90:
[[he:אלוהים]]
[[he:אלוהים]]
[[hi:ईश्वर]]
[[hi:ईश्वर]]
[[hif:God]]
[[hr:Bog]]
[[hr:Bog]]
[[ht:Bondye]]
[[ht:Bondye]]

23-Dekabr 2010, 09:55 dagi koʻrinishi

Xudo koʻpgina diniy taʼlimot va dunyoqarashlarda gʻayritabiiy mavjudot boʻlib, odatda diniy ibodatlar va sigʻinish obyekti hisoblanadi.

Taʼrifi

Monoteistik dinlarda xudo olamning yaratuvchisi va hukmdori sifatida ko'riladi. Zamonaviy teologiyaga ko'ra ilmiy metodlar bilan aniqlanmaydi. Yahudiylik va undan kelib chiqqan dinlarga ko'ra xudo hamma narsaga qodir, hamma narsadan boxabar va mutlaq ezgudir. Xudoni bitta deb ko'ruvchi dinlar monoteistik dinlar deb ataladi. Xudolar bir emas, bir nechta, deb hisoblovchi dinlar politeistik dinlar deyiladi. Xudo olamni yaratgan, lekin unga boshqa aralashmagan, payg'ambarlar, dinlar, kitoblar yubormagan, degan falsafiy qarash esa deizm deb nomlanadi. Xudoning borligiga ishonmaslik ateizm deb ataladi.

Etimologiyasi

O'zbekcha xudo so'zi forscha xodā (خدا) so'zidan olingan bo'lib, u esa o'z navbatida roman-german tillaridagi god, gott, gud (hammasi qadimiy olmon tilidagi *ǥuđándan kelib chiqqan) so'zlari bilan o'zakdoshdir.

Xudoning mavjudligi borasidagi bahs

Xudoning mavjudligi yoki emasligi haqida Oʻrta Asrlardan beri falsafiy munozaralar olib borilgan. Bunda ilk muammo shundaki, xudoning oʻzi kimligi va qandayligi, taʼrifi keskin aniq qilib tayinlanmagan. Xudo mavjud emas, deb fikrlovchi faylasuflar olamni anglashda unga hojat yoʻqligini uqtirishadi.

Xudo haqidagi tasavvurlar

Monoteistik qarashlar

Islom

Islomda xudo Alloh (arabchada اﷲ) deb nomlanadi. Bu so'z Al-Iloh so'zidan kelib chiqqan, bu yerda al- prefiksi arab tilidagi artikl, iloh esa "xudo" deb tarjima qilinadi. Qur'onga ko'ra Alloh yagona, abadiy, tug'magan va tug'ilmagandir hamda unga teng keladigani yo'q [1].

Xristianlik

Xristian qarashlarga ko'ra xudo yolg'iz va yakka bo'lsa-da, o'zini uch ko'rinishda namoyon etishi mumkin: Ilohiy Ota, Ilohiy O'g'il (Iso Masih) va Muqaddas Ruh (ba'zi manbalarga ko'ra Ilohiy Muqaddas Ruh)[2].

Yahudiylik

Yahudiylikning muqaddas, deb hisoblanuvchi mil. avv. 3760 yilda yozilgan Tavrot kitobiga ko'ra xudo yakkadir va u olamni yaratgandir. Bu monoteizmning boshlanishi deb qaraladi. Yahudiy xudosi Yahve (YHWH) deb ataladi.

Politeistik qarashlar

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyasi

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyalariga ko'ra xudolar ko'pdir, va ularning har biri biror tayin tabiy hodisa yoki osmon jismini ifoda etadi.

Hinduiylik

Vedalarga ko'ra 33 xudo bor, lekin ba'zi hinduiy manbalarga ko'ra ularning soni 3399 tadir.

Shuningdek

Ishoratlar

  1. Al-Ixlos surasi, 1-4-oyatlar
  2. [1]
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Xudo haqida sahifa mavjud.

Andoza:Link FA