Chitgarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chitgarlik — boʻz matoga oʻyma yogʻoch qolip yordamida gul bosish kasbi. Chitgarlar ilgari barcha jarayon (toʻqish, boʻyash va gul bosish)ni ustaxonalarda bajarishgan. 19-asrning 1yarmigacha Ch. sanʼati, asosan, Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Xoʻjand, Namangan, Margʻilon, Chust va boshqa shaharlarda), Buxoro (Vardanzi, Romitan, Gʻijduvon va boshqalar), Samarkand (Urgut, Kattaqoʻrgon), Toshkentda rivojlangan. Ayniqsa, Xorazm chitgarlari (Xonqa, Xiva, Urganch, Hazorasp) juda nozik did bilan gul bosishgan.

Mato dastlab qozonda qaynatilib olingan, maxsus tezob (buzgʻunch) bilan ishlov berilib, soʻng quritilgan. Matoga gul qoʻlda yogʻoch qolip yordamida (naqshning asosiy shakli qattiq nok yogʻochidan ishlangan qolip bilan qora tusda) tushirilgan. Soʻng mato yana maʼlum vaqt davomida rangli suvda qaynatilib, oqar suvda chayilgan. Tayyor, gulli chitga qoʻshimcha ranglar ham berilgan (yetti xilgacha). Chitga anorgul, tol bargi, kizil gul, shoxchalar va boshqa gullar tushirilgan. 19-asr 2yarmidan Toshkent badiiy kashtalaridan olingan palak nusxa keng tarqalgan. Oʻrta Osiyo bozorlarida fkada ishlab chikarilgan chitlar koʻpayishi munosabati bilan Ch. sanʼati astasekin 1950- yillarda barxam topdi; faqat 80- yillardan otabobolarining kasbini davom ettirgan toshkentlik ustalar (H. Raximov, A. Raximov va boshqalar) ijodida qayta tiklana boshladi. 90- yillar Ch.da oʻziga xos rivojlanish bosqichi boʻddi: choyshab, dasturxon kabi badiiy buyumlar bilan bir katorda zamonaviy liboslarni i.chda ham Ch. sanʼati keng qoʻllaniladi. Anʼanaviy shakdsagi "oy", "yulduz", "bodom"simon gullar bilan birga islimiy naqshlardan ham keng foydalaniladi, mato ranglarining uygʻunligi bilan ajralib turadi.

Sayyora Mahkamova.