Adras
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6b/Silk_and_cotton_n%C2%B0564.jpg/250px-Silk_and_cotton_n%C2%B0564.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/eb/Cotton_and_silk_n%C2%B0563_cropped.jpg/250px-Cotton_and_silk_n%C2%B0563_cropped.jpg)
Adras — tanda ipi tabiiy ipak-dan, arqogʻi qalin ipdan toʻqilgan gaz-lama. Guli ikki tomonlama boʻlganligi uchun ayrim joylarda duroʻya deb ataladi. Arqoq ipi yoʻgʻonroq boʻlganligi uchun gazlama yuzasida koʻndalang chiviqlar hosil boʻladi. Kudunglanish natijasida yuqori navli A.ning bir tomoni at-lasday silliq boʻlib, ikkinchi tomoni tovlanib turadi. Gullari abr usu-ida boʻlib sariq, koʻk, pushti, qizil ranglar qoʻllanilgan. 1920-yillargacha Margʻilon, Xoʻjand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda toʻqilib, Oʻrta Osiyo bozorlaridan tashqari Afgʻoniston, Xitoy kabi qoʻshni mamlakatlarda ham sotilgan. A. oʻzbek xalqi hayotida keng tarqalgan boʻlib, ayollarning kiyim-kechaklari, shuningdek chopon, koʻrpa va koʻrpachalar uchun ishla-tilgan. A. tun — avrasi A. dan tiqilgan toʻn. Sayyora Mahkamova.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Vikiomborda Adras haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |