Marshansiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marshansiya (Marchantia) — jigarsimon yoʻsinlar sinfiga mansub oʻsimliklar turkumi. Tallomi lentasimon, yer bagʻirlab oʻsadi, uz. 10 sm cha, eni 1—2 sm. Unda assimilyatsiya toʻqimasi bilan toʻlgan havo kemalari bor. Tallomning ustida kamera koʻpayish vazifasini bajaruvchi chiqarish savatchalari, orqasida tuprokda biriktiruvchi rizoidlar va tangachalar joylashgan. Soyabonsimon erkak tirgaklarning us-tki tomonida anteriydilar, urgʻochi tirgaklarning nursimon qirqilgan gul oʻrnida arxegoniylar joylashgan.

MARQA — oʻzbek qabilalaridan biri. M.lar 20-asrning boshlarigacha Zaraf-shonning oʻrta va yuqori oqimida, ayrim guruxlari Surxondaryo viloyatida tarqoq holda yashagan. M. oʻtmishda qabila uyushmasi boʻlib, uning tarkibiga ming , qirq, yuz qabilalari kirgan. Okt. toʻntarishidan oldin Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi qirq, yuz, ming qabilalari oʻzlarini "marka bolasi" deb, Kofirnihon daryo vodiysida (Tojikiston) yashovchi M.lar, aksincha, oʻzlarini qirq, yuz qabilalari ichidagi urutlar yoki bulaklardan biri deb hisoblaganlar. M.larning et-nogenezi haqida aniq maʼlumot yoʻq. Ayrim maʼlumotlarga Karaganda, kad. hun qabilalaridan biri M. deb atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil