Rizoidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rizoidlar (yun. rhiza — ildiz, eidos — koʻrinish), sodda ildizlar — yoʻsinlar, lishayniklar va baʼzan suvoʻtlar hamda zamburugʻlarda ildiz vazifasini bajaruvchi qilsimon ipchalar. Suv hamda oziq moddalarni shimish va substrat (tuproq, toshlar)ga yopishib oʻsish uchun xizmat qiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil