Kontent qismiga oʻtish

Markaziy Osiyo yahudiylari tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxorolik yahudiy raqqosalari, Iyerusalim, 1946-yil

Markaziy Osiyodagi yahudiylar tarixi asrlarga borib taqaladi va mintaqaning Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston va Tojikiston kabi mamlakatlarida yahudiy jamoalari istiqomat qilib kelishadi.

Oʻzbekiston yahudiylarining tarixi - bu ikki bir-biridan ancha mustaqil hisoblangan ikki aholi jamoalarining tarixidir. Ulardan biri nisbatan diniy va an’anaviy dunyoqarashga ega Buxoro yahudiylari boʻlsa, ikkinchisi esa kelib chiqishi Yevropa bilan bogʻliq boʻlgan Ashkenazi yahudiy jamoalaridir.

Yahudiy o'quvchilari o'qituvchi oldida. Samarqand, 1909—1915-yillar oralig'i

Buxoro yahudiylari Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yahudiy jamoalaridan boʻlgan. Ba’zi qadimiy manbalarga koʻra, Yahudiylar Podsho Dovud davrida, yaʻni miloddan avvalgi X asrdayoq savdo-sotiq maqsadlarida Markaziy Osiyoga sayohatlarini boshlashgan[1]. Fors podshosi Buyuk Kir miloddan avvalgi 539-yilda Bobilni zabt etganidan soʻng, oʻzi ozod qilgan yahudiylarni oʻz saltanatining istalgan yeriga joylashishi uchun ruxsat beradi. Bu saltanat oʻz tarkibiga Oʻrta Osiyoning ham katta qismini olardi. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodagi eng katta yahudiylar jamoasi Buxoro amirligida hisoblangan.

1989-yilda Oʻzbekistonda 94,900 yahudiy istiqomat qilgan[2]. Buxoro yahudiylarining Isroil va AQSHga koʻchib ketishlari tufayli, bugungi kundagi O'zbekiston yahudiylarining asosiy qismi Ashkenazi yahudiylaridir[3].

1926—1970-yillar oraligʻida O'zbekiston (Oʻzbek SSR) yahudiy aholisi salkam uch karra koʻpaydi, 1970—1989-yillar davomida sekinlik bilan qisqara bordi va 1989-yildan keyin, Kommunizm mafkurasi va Sovet Ittifoqining tanazzuli bilan bu jarayon jadallashdi. 1989—2002-yillar davomida Oʻzbekiston yahudiy aholisining toʻqson foizdan ortigʻi mamlakatni tark etdi va boshqa mamlakatlarga, asosan Isroilga borib oʻrnashdi.[3]

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 12 ta sinagoga mavjud bo'lib, ularning 2 tasi Samarqandda joylashgan[4].

Bosh kotib Iosif Stalin SSRIning turli hududlaridan Qozogʻistonga yahudiylarning majburan koʻchirib keltirilishiga sababchi boʻlgan. Holokost davrida 8000 yahudiylar Qozogʻiston hududiga qochib oʻtgan[5][6].

1926—1959-yillar oraligʻida Qozogʻistonning yahudiy aholisi soni tezlik bilan oʻsib bordi va 1959-yilda 1926-yildagiga nisbatan salkam sakkiz barobarni tashkil qilgan[5].1959—1989-yillar oraligʻida mamlakatning yahudiy aholisi soni qisqara borgan, kommunizm mafkurasining mazkur hudud va mintaqada zavolga yuz tutishi bilan 1989—2002-yillar oraligʻida yahudiy aholisi soni qisqara borgan va SSRI hamda Oʻrta Osiyodan Isroilga koʻp sonli yahudiylarning koʻchib oʻtish sodir boʻlgan[7].

Eski Sinagoga, Dushanbe, 2006-yil iyun holatiga ko'ra. 2008-yilda vayron etilgan

Tojikistondagi yahudiylar va Yahudiylik dini uzoq va rang-barang tarixga ega. Dastlab yahudiylar qachonlardir Buxoro amirligining sharqiy qismi, hozirgi Tojikiston hududiga miloddan avvalgi II asrda kirib kela boshlagan. Kommunizm Rossiyada hokimiyatga kelganidan keyin Turkiston general-gubernatorligi bir necha respublikalarga taqsimlandi va bu taqsimotda Tojikiston 1924-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi muxtor respublika shaklida, 1929-yilda esa Oʻzbekiston SSR bilan teng huquqli respublikaga aylantirildi. Yangi tashkil etilgan respublikani rivojlantirish umidida, Sovet hukmron doiralari, jumladan qoʻshni Oʻzbekistondan ham, minglab yahudiylarni mamlakat ichiga koʻchib kelishga ragʻbatlantirishdi. Koʻpchilik yahudiylar Tojikistonning poytaxti boʻlmish Dushanbe shahriga joylashishdi va u yerda Dushanbe sinagogasini barpo etishdi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Ashkenazi yahudiylarining ikkinchi toʻlqini Tojikistonga keldi[8].

Qirgʻiziston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asrga qadar Qirgʻiziston hududida istiqomat qiluvchi yahudiylarning asosiy qismi Buxoro yahudiylari boʻlgan. Biroq, XX asr davomida SSRIning bir qismi hisoblangan Qirgʻizistonga mamlakatning turli qismlaridan, asosan Yevropa qismidan Yahudiylar koʻchib kela boshladi va bu koʻchib kelganlarning kichik bir qismi haligacha mamlakat hududida istiqomat qiladi.[9]

1896-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, yahudiylar Qirgʻiziston aholisining 2 foizini tashkil qilgan. Birinchi jahon urushidan keyin yanada koʻp Ashkenazi yahudiylari mamlakatga koʻchib keldi. Ikkinchi Jahon urushi davomida Sovet Ittifoqining Natsistlar Germaniyasi tomonidan egallangan Gʻarbiy hududlaridan Qirgʻiziston hududiga 20,000 dan ortiq Ashkenazi yahudiylari koʻchib kelgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin yahudiy aholisi sonining mamlakatdagi ulushi qisqara borgan va 2001-yil aholining roʻyxatga olinishi natijalariga koʻra, yahudiylar aholining 0.03 foizini tashkil qilgan[10].

Buxorodagi (Eski shahar) sinagoganing ichki ko'rinishi

Moʻgʻuliston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻgʻuliston yahudiylari XIX asrda amal qilgan Sibir-yahudiy hamda Moʻgʻuliston orasidagi savdo aloqalari bilan bogʻliq. Bu aloqalar ba’zi yahudiy oilalarining Moʻgʻulistonga kirishiga sabab bo'ldi. 1920-yilga qadar Moʻgʻulistonga kirib kelgan yahudiylarning koʻpchiligi kelib chiqishiga koʻra Rossiya bilan bogʻliq edi va Rossiyadagi fuqarolar urushi dahshatlaridan qochib kelgandi.

Bir qancha yahudiylar yaxshiroq iqtisodiy imkoniyatlar izlab, mamlakatni tashlab chiqib ketishdi. Ularning baʻzilari Moʻgʻuliston bilan viza shartnomasiga ega boʻlgan Isroilga koʻchib ketishdi[11].

Turkmanistondagi yahudiylar va Yahudiylik dini uzoq tarixga ega. 1830-yilda, Qojarlar Eronida sodir etilgan Yahudiy xalqiga nisbatan ta’qiblar ularni Erondan qochib, Mari, Yoʻloʻtan va Bayramali shaharlariga kelib joylashishlariga sabab boʻladi. Mamlakatning eng asosiy shaharlardan ayro holda, ovloq yerda joylashganligi sababli ham, Sovet hokimiyati ostidagi Turkmaniston yahudiylari haqida juda oz ma'lumot mavjud. 1980-yillarda Turkmanistonda yahudiy aholisi soni 2500 kishi bilan oʻzining choʻqqisiga chiqdi[12].

Buxoro shahridagi Katta Sinagoganing Elkan Nathan Adler tomonidan olingan fotosurat asosida ishlangan ichki chizmasi
Samarqanddagi Buxoriy qizlari, 1900-yil
Buxoro yahudiylari Sukkotni nishonlashmoqda, 1900-yil
Buxoro yahudiylari (1989-yildan oldin)
Buxoro shahridagi sinagoga, 2004-yil
Rego Park, Queensdagi oʻzbek Buxoro restorani
Chapda Markaziy Osiyocha chuchvara shoʻrva va oʻngda Markaziy Osiyocha tandir noni
Tel-Avivda Buxoriy Hannukka bayrami, 1959-yil
Buxorodagi yahudiy qabristoni
Lev Evgrafovich Dmitriev‐Kavkazsky tomonidan 1875-yildagi Buxoro an'anaviy libosdagi yahudiy juftligining qalam-chizmasi
Fresh Meadows, Queensdagi Buxoro sinagogasi - Beth-El


Shuningdek, qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Abazov, Rafis (2007). Culture and Customs of the Central Asian Republics. Greenwood Publishing Group. p. 75. ISBN 9780313336560. Retrieved 30 June 2014.
  2. World Jewish Population 2001 (Wayback Machine saytida 2013-12-06 sanasida arxivlangan), American Jewish Yearbook, vol. 101 (2001), p. 561.
  3. 3,0 3,1 World Jewish Population 2007 (Wayback Machine saytida 2009-03-26 sanasida arxivlangan), American Jewish Yearbook, vol. 107 (2007), p. 592.
  4. Uzbekistan Virtual Jewish History Tour.
  5. 5,0 5,1 The virtual Jewish history tour, Qozog'iston Yahudiy virtual kutubxonasi
  6. „"Эвакуация советского населения в Казахстан".“. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  7. Post-Soviet immigration strengthens Kazakhstan’s Jewish community.
  8. David Levinson (1998). Ethnic Groups Worldwide: A Ready Reference Handbook. Greenwood Press. ISBN 1-57356-019-7.
  9. The Jews of Kyrgyzstan.
  10. "Jewish Community go Kyrgyzstan" (Wayback Machine saytida 2019-07-23 sanasida arxivlangan). Beit Hatfutsot Ochiq ma'lumotlar bazasi loyihasi. Beit Hatfutsotdagi Yahudiy xalqi muzeyi.
  11. In Need of Investors, Mongolia Stretches Out a Friendly Hand, Dalia Shehori.
  12. Turkmenistan Virtual Jewish History Tour.