Dovud
Dovud (arabcha: دَاوُد) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida David nomi bilan maʼlum boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Dovud miloddan avvalgi XI asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan podsho. Qurʼonda yozilishicha, Dovud Jolut (falastinliklar lashkarboshisi) ustidan gʻalaba qozongan.
Dovudga Musodan soʻng samoviy kitob – Zabur tushirilgan. Dovud temirchilikning asoschisi hisoblanadi, oʻz qoʻl mehnati bilan tirikchilik oʻtkazgan: temirdan har xil asboblar yasab, uni sotib kun koʻrgan. Ayni chogʻda Dovudning nihoyatda xushovoz boʻlganligi, togʻlar-u qushlar unga qoʻshilib „tasbeh aytishi“, daʼvolashuvchi tomonlarni murosaga keltirish, odilona hukm qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqida koʻp rivoyatlar bor. Dovud vafotidan soʻng, barcha mulk va paygʻambarlik oʻgʻli Sulaymonga meros boʻlib qolgan [1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Dovud“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (D-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |