Mario Mandžukić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mario Mandžukić
Mario Mandžukić in 2018.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mario Mandžukić[1]
Tavallud sanasi 21-may 1986-yil (1986-05-21) (36 yosh)[1]
Tavallud joyi Slavonski Brod, Xorvatiya, Yugoslaviya
Boʻyi 1.90 m[2]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Xorvatiya (assistent murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1996 TSF Ditzingen
1996—2003 Marsonia
2003—2004 Željezničar Slavonski Brod

Mario Mandžukić (talaffuzi: Mario Manjukich; 1986-yil 21-mayda Xorvatiyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbol murabbiyi, avval hujumchi sifatida oʻynagan. Hozirda Xorvatiya terma jamoasida Zlatko Dalićning yordamchisi hisoblanadi[3][4][5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007—2008-yilgi mavsumda „Dinamo“ futbol klubining Chempionlar ligasi va UEFA kubogidagi o‘yinlaridagi bir qator muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng Mario Mandžukić Xorvatiya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Shu tariqa futbolchi Makedoniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[6]. 2008-yilning 10-sentabr kuni 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Angliyaga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinda birinchi xalqaro golini urgan[7].

Mandjukichning terma jamoadagi taʼsiri EURO-2012 turnirining saralash bosqichida kuchaygan. Uning jamoadagi ilk goli 2011-yil iyun oyida Poljud stadionida Gruziyaga qarshi o‘yinda boʻlib, futbolchi bu bahsda hisobni tenglashtirgan edi. Latviya terma jamoasiga qarshi saralash turnirining soʻnggi oʻyinida u yana bir gol urgan. Xorvatiya oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallagani uchun EURO-2012 pley-off bosqichida Turkiya bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Istanbulda boʻlib oʻtgan birinchi oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozonfi. Oʻyinning 32-daqiqasida Mandžukić boshi bilan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan.

Mandjukich bosh murabbiy Slaven Bilić tomonidan Xorvatiya terma jamoasining UEFA EURO-2012 terma jamoasiga Everton futbol klubi hujumchisi Nikica Jelavić bilan juftlikda tanlangan ikki hujumchidan biri edi. U Xorvatiyaning Irlandiyaga qarshi oʻyinida va keyingi Italiyaga qarshi o‘yinida ikkita gol urgan[8][9]. Xorvatiya guruh bosqichiga chiqqaniga qaramay, u Mario Balotelli, Fernando Torres, Cristiano Ronaldo, Alan Dzagoev va Mario Gómezlar safida, uchta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[10].

U 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini Zagrebda Makedoniyaga va Bryusselda Belgiyaga qarshi oʻtkazilgan dastlabki ikki oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. U oʻzining ilk golini Osijekda Uelsga qarshi oʻyinda kiritgan. Mandžukić Serbiyaga qarshi saralash oʻyinida oʻz hisobiga yana bir gol qoʻshib, Xorvatiyani Zagrebda 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu ikki jamoa oʻrtasidagi Belgraddagi ikkinchi oʻyinda ham gol urgan. Xorvatiya pley-off bosqichining Zagrebda Islandiyaga qarshi o‘yinida Mandžukić hisobni 2:0 hisobida Xorvatiya foydasiga hal qilgan. Ammo, oʻyin yakunida futbolchi qizishib ketgani bois qizil kartochka olgan[11].

Mandžukić Xorvatiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga boradigan tarkibiga kiritilgan[12]. 18-iyun kuni u Kamerunga qarshi ikkinchi oʻyin uchun tarkibga qaytgan futbolchi bu oʻyinda faol harakat qilgan va uning jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan[13]. Turnirda futbolchi ikki marta gol urib, Jahon chempionatidagi debyutini nishonlagan va „Oʻyinning eng yaxshi odami“ sovrinini qoʻlga kiritgan[14].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Temporada Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
N. K. MarsoniaXorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2004—2005 23 14 - - - - 23 14
Jami 23 14 0 0 0 0 23 14
N. K. ZagrebXorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2005—2006 28 3 0 0 - - 28 3
2006—2007 23 11 4 3 - - 27 14
2007—2008 - - - - 2 0 2 0
Jami 51 14 4 3 2 0 57 17
G. N. K. Dinamo ZagrebXorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2007—2008 29 12 8 5 10 3 47 20
2008—2009 28 16 5 5 10 3 43 24
2009—2010 24 14 3 0 10 3 37 17
2010—2011 - - - - 1 2 1 2
Jami 81 42 16 10 31 11 128 63
VfL WolfsburgOlmoniya bayrogʻi Germaniya 2010—2011 24 8 3 0 - - 27 8
2011—2012 32 12 1 0 - - 33 12
Jami 56 20 4 0 0 0 60 20
Bayern MúnichOlmoniya bayrogʻi Germaniya 2012—2013 24 15 6 4 10 3 40 22
2013—2014 30 18 5 4 13 4 48 26
Jami 54 33 11 8 23 7 88 48
Atlético

MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya

2014—2015 28 12 5 3 10 5 43 20
Jami 28 12 5 3 10 5 43 20
JuventusItaliya bayrogʻi Italiya 2015—2016 27 10 4 1 5 2 36 13
2016—2017 34 7 5 1 11 3 50 11
2017—2018 32 5 5 1 6 4 43 10
2018—2019 25 9 0 0 8 1 33 10
2019—2020 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 118 31 14 3 30 10 162 44
Al-Duhail S. C.Qatar bayrogʻi Qatar 2019—2020 5 0 3 1 2 1 10 2
Jami 5 0 3 1 2 1 10[15] 2[15]
A. C. MilanItaliya bayrogʻi Italiya 2020—2021 10 0 0 0 1 0 11 0
Jami 10 0 0 0 1 0 11 0
Umumiy faoliyatida 421 166 57 28 99 34 578 228

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Croatia“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  2. „Mario Mandžukić“. Juventus. 25-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-mart 2022-yil.
  3. Nyari, Cristian „Performance Analysis – Mario Mandzukic's Importance to Bayern Munich“. Bundesliga Fanatic (9-aprel 2013-yil). 1-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2014-yil.
  4. Uersfeld, Stephan „Pep Guardiola hails Mario Mandzukic“. ESPN FC (28-oktabr 2013-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2014-yil.
  5. Whitney, Clark „Mandzukic Brace Shows How Pep Guardiola Is Losing His "Plan B" at Bayern Munich“. bleacherreport.com (19-iyun 2014-yil). 18-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2014-yil.
  6. „Mandzukic, goals guaranteed“. Juventus.com (22-iyun 2015-yil). 1-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2015-yil.
  7. „Theo Trio: England Humble Croatia“. Sky News (11-sentabr 2008-yil). 7-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2015-yil.
  8. „Euro 2012: Republic of Ireland 1–3 Croatia“. UEFA (9-iyun 2012-yil). Qaraldi: 26-fevral 2022-yil.
  9. Jurejko, Jonathan „Italy 1–1 Croatia“. BBC Sport (14-iyun 2012-yil). 10-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2015-yil.
  10. „UEFA EURO 2012 Statistics Goals scored“. UEFA.com (25-noyabr 2014-yil). 23-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2014-yil.
  11. „Mario MANDZUKIC“. FIFA. Qaraldi: 26-fevral 2022-yil.
  12. „Croatia forward Mario Mandžukić will miss the World Cup opener versus Brazil: how will the team replace him?“. The Telegraph (28-fevral 2014-yil). Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  13. „Cameroon 0–4 Croatia“. BBC (19-iyun 2014-yil). Qaraldi: 26-fevral 2022-yil.
  14. „Cameroon 0–4 Croatia Report“. FIFA (19-iyun 2014-yil). Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  15. 15,0 15,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named byeqatar