Kontent qismiga oʻtish

Slaven Bilić

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Slaven Bilić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Slaven Bilić[1]
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1968-yil (1968-09-11) (57 yosh)
Tavallud joyi Split, Xorvatiya
Boʻyi 189 cm (6 ft 2 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1977—1988 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1993 Hajduk Split 109 (13)
1988   Primorac 13 (1)
1988—1989   Šibenik 33 (7)
1993—1996 Karlsruher SC 66 (5)
1996—1997 West Ham United 48 (2)
1997—1999 Everton 26 (0)
1999—2000 Hajduk Split 9 (0)
Total 294 (28)
Milliy terma jamoa
1992—1999 Xorvatiya 44 (3)
Boshqargan klublari
2001—2002 Hajduk Split
2004—2006 Xorvatiya U21
2006—2012 Xorvatiya
2012—2013 Lokomotiv Moskva
2013—2015 Beşiktaş
2015—2017 West Ham United
2018—2019 Al-Ittihad
2019—2020 West Bromwich Albion
2021—2022 Beijing Guoan
2022—2023 Watford
2023—2024 Al-Fateh
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Slaven Bilić (talaffuzi: Slaven Bilich;[2][3] 1968-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan Bilić futbolchilik faoliyatini 1988-yilda oʻz tugʻilgan shahridagi „Hajduk Split“ jamoasida boshlagan. Keyinchalik u Germaniyaning „Karlsruher SC“ hamda Angliyaning „West Ham United“ va „Everton“ klublarida muvaffaqiyatli oʻynab, 2001-yilda faol futboldan ketgan. Xalqaro maydonda Bilić murabbiy Miroslav Blažević davrida Xorvatiyaning eng ishonchli himoyachilaridan biriga aylangan va 1992-yildan 1999-yilgacha milliy terma jamoada 44 ta oʻyin oʻtkazgan.

Bilić 2001-yilda „Hajduk Split“da futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2001-02-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida shu jamoaga murabbiylik qilgan. 2004-2006-yillarda u Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasini boshqargan, keyinchalik esa kattalar milliy terma jamoasiga ham bosh murabbiylik qilgan. Slaven Xorvatiya terma jamoasini 2008-yilgi Yevropa chempionatining chorak finaligacha olib chiqqan va toʻrt yil oʻtgach, keyingi chempionatdan soʻng lavozimini tark etgan. Bilić milliy terma jamoadagi uzoq yillik xizmatlari uchun maqtovga sazovor boʻlgan hamda 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan bir qator isteʼdodli yosh futbolchilarni kattalar jamoasiga muvaffaqiyatli jalb etgani uchun eʼtirof etilgan[4][5]. Keyinchalik u quyidagi jamoalarni boshqargan: 2012—2013-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubi, 2013—2015-yillarda „Beshiktosh“, 2015—2017-yillarda „Vest Xem Yunayted“, 2018—2019-yillarda „Al-Ittihod“, 2019—2020-yillarda „Vest Bromvich Albion“, 2021—2022-yillarda „Beijing Guoan“, 2022—2023-yillarda „Uotford“ va 2023—2024-yillarda „Al Fateh“.

  1. „Bilić: Slaven Bilić: Manager“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  2. „Slavéni“ (hr). Hrvatski jezični portal. — „Slàven“. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
  3. „bijȇl“ (hr). Hrvatski jezični portal. — „Bílić“. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
  4. „Ponosni smo što smo imali baš ovakvog Slavena Bilića“. Jutarnji list (2012-yil 20-iyun). Qaraldi: 2012-yil 21-iyun.
  5. Rupnik, Borna „Slaven Bilić objavio popis za pripreme i potvrdio odlazak na kraju Europskog prvenstva“ (hr). Sportnet.hr (2012-yil 10-may). Qaraldi: 2012-yil 11-may.