Mardtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MardtepaGʻuzordan 3–4 km jan.da, Gʻuzordaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan qad. qalʼa (25x30 m). Rivo-yatlarga koʻra, islomgacha boʻlgan davrda bu yer mahalliy hokimlar — "mardlar"ning qarorgohi boʻlgan; ular juda jasur, qoʻrqmas va oʻz fuqarolariga nisbatan adolatli boʻlganlar. Arablar fathidan soʻng "mardlar" hokimiyati tugatilgan va shahar aholisi bu yerni tark etgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu shahar harobasida hayot miloddan avvalgi 21-asrdanmilodiy 7-asrgacha davom etgan. Ushbu qalʼa dastlab BaqtriyaTohariston tomonidan boʻladigan xavf-xatarga qarshi himoyalanish uchun qurilgan. Ayni mana shu qalʼada 8-asr boshida Huzor viloyatining turklaridan boʻlgan hokimi — Sobuqro yashagan. Arablargacha bu qalʼa Huzor viloyatining markazi boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil