MAN Auto-Uzbekistan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
JV Man Auto-Uzbekistan
Vebsayti www.man-avto.uz
«MAN Auto-Uzbekistan» pochta markasida
MAN TGS 26.280
MAN TGS 41.440

JV Man Auto-UzbekistanOʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012 yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].

Mahsulotlari[tahrir]

Turi Model
Ogʻir yuk mashinalari TGS 19.360, TGS 19.400 (Standart / Comfort), TGS 26.400 (Medium / ADR), TGS 33.480, CLA 18.280[11]
Samosvallar CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400, TGS 40.400[12]
Beton aralashtirgichlar CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400[13]
Suv tashgichlar CLA 18.280[13]
Avtogudronator CLA 18.280[13]
Avtokran CLA 26.280[13]
Kran-boshqaruvchi CLA 16.220[14]
Axlat tashuvchi CLA 16.220[15]
Suv sepuvchi CLA 18.280[16]
Pritseplar, yarim-pritseplar barcha turdagi pritseplar[17]
Furgonlar barcha turdagi furgonlar[18][19]

Ishlab chiqarish koʻrsatkichlari[tahrir]

2009 100 dona
2010 480 dona
2011 658 dona
2012 1016 dona
2013 1300 dona
2014 1400 dona

Manbalar[tahrir]

Ссылки[tahrir]