Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Automobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996- yildan chiqa boshlagan UZDaewooAoto mashinalarini hozirda dunyoga mashxur Chevrolet brendi oʻrin olgan.

Oʻzbekistonda Automobilsozlik tarixi[tahrir]

Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992 -yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfatli shartnomadan boshlangan, oshanda Oʻzbekistonning Autoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan, va manashu shartnoma Automobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993 -yilda UzDaewooAuto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan. Automobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jixozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000ga yaqin Oʻzbekistonlik yoshlar Koreaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996- yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli automobil mart oyidan boshlab Tico iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996 -yil 19- iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000- yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001 -yil zavodning yangi yanada zamonaviy lineasi ishga tushirildi buni natijasida yangi Matiz rusumli yangi Automobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007 -yilda UzDaewooAoto kompaniyasi negizida General -Motors korparatsiyasi bilan xamkorligda GM-Uzbekiston kompaniyasi tashkil etildi buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010- yilda Chevroletning eng zamonaviy Automibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa Automobilsozlikni mustaxkam poydevori yaratildi .

Avtobus ishlab chiqarish[tahrir]

1995- yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi . Samkochauto davlat royhatiga olindi va 1999 yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻziga 163 ta autobus, 302 ta yuk automobili ishlab chqarildi. 2000- yilda esa bu koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001 -yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band bolgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.

Chevrolet Kobalt
Chevrolet Spark

Ishlab chiqarilgan auotmobil nomlari[tahrir]

  • Damas 1996
  • Tico 1996
  • Nexia 1996
  • Matiz 2001
  • Spark 2010
  • Nexia-2 2008
  • Kaptiva 2007
  • Epika 2009
  • Malibu 2012
  • Orlando 2014
  • Tacuma 2008
  • Lasetti 2004
  • Damas-2 2007
  • Gentra 2012

Manbalar[tahrir]