Lazy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lazy ko'mir koni

Lazy (Polyak tilidan olingan Łazy)—Chexiya Respublikasi Moraviya—Silesiya viloyatida joylashgan Karviná qishlog'i. Bu qishloq avval alohida shahar bo'lgan. 1946-yilda ma'muriy jihatdan Orlová hududining bir qismiga aylandi. Qishloqda istiqomat qiluvchi aholi 274 nafarni tashkil etadi[1].

Uning nomi, madaniyatining kelib chiqishi bilan bog'iq bo'lib, polyak tilidan olingan "slash-and-burn" usuli bilan yaratilgan ekin maydonlarini tashkil qiladi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq aholi punktining nomi birinchi marotaba Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan. Bu qishloq lotinlar tomonidan 1305-yilda Lazy vIilla Paczconis nommli buyum sifatida qaralgan[3][4][5]. Qishloq hududga joylashish bosqichida ekanligini anglatardi (uning ushrini to'lash uchun yerning hajmi hali aniq emas edi). Bu qishloq Orlov abbeyidagi Benedikt rohiblari tomonidan tashkil etilgan bo'lishi mumkunligi taxmin qilinadi[6]. Keyinchalik Yuqori Sileziya deb ataladigan hududda 13-asr oxiriga kelib, aholi punktlarining bir qismi tashkil topishi mumkin.

Siyosiy jihatdan qaralganda qishloq dastlab 1290-yilda Polshaning feodallarga bo'linishi jarayonida tashkil topgan. Bu hudud Syezin gersogligiga tegishli hisoblanadi. Bu hudud Sileziya Piast sulolasining mahalliy bo'limi tomonidan boshqarilgan. Gersoglik 1526-yildan keyin Gabsburg monarxiyasi tarkibiga qo'shilgan.

Avstriya imperiyasida 1848-yilda bo'lib o'tgan Inqiloblardan keyin qayta tiklangan Avstriyalik Silsiyada zamonaviy komunal bo'linmasi tashkil topgan. Qishloqqa shaharcha sifatida 1880-yildan boshlab Freistadt siyosiy va huquqiy okruglari deb nom berilgan.

1880—1890—1900 va 1910-yillarda o'tkazilgan, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, munitsipalitet aholisi 1880-yildagi 1516 nafar aholidan 1910-yilda 7896 nafarga ko'paygan. 1880-yilda koʻpchilik chex tilida soʻzlashuvchi aholilar soni 893 nafar yoki 59,7%ni, bundan tashqari esa polyak tilida soʻzlashuvchilar soni 577nafar yoki 38,6%ni, 1890- yillga kelib aholi soni tubdan o'zgardi. Aholining ko'proq qismini polyak tilida soʻzlashuvchilarni tashkil etdi (1507 yoki 70,3%, 1900-yilda esa 4660 kishi).aholi soni 1910-yilga kelib tubdan o'zgardi, o'sha vaqtda odamlarning 49% chex tilida va 48,7% qismi polyak tilida so'zlashadi. Ularga nemis tilida so'zlashuvchi kichik ozchilik hamroh bo'lgan (1890-yilda 15 yoki 0,7% va 1910-yilda 181 yoki 2,3%). Din jihatidan 1910-yilda koʻpchilik Rim-katoliklari (72,4%), protestantlar (26%), yahudiylar (115 yoki 1,5%) va boshqalar (15 yoki 0,1%) edi[7].

Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi bilan bog'liq. Polsha-Chexoslovakiya urushi 1920-yilda Cieszin Sileziyasining bo'linishidan keyin qishloq Chexoslovakiya tarkibiga o'tib ketdi. Myunxen kelishuvidan so'ng, 1938-yilning oktyabr oyida Zaolzie mintaqasi bilan birga u Polsha tomonidan qo'shib olindi, ma'muriy jihatdan Silezya Voyvodaligi Frysztat okrugida tashkil topgan.[8] Qishloq keyinchalik Ikkinchi jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan qo'shib olingan. Genotsid intelligenzaksiya kampaniyasi paytida, 1939—1940-yillarda ko'plab polshalik o'qituvchilar va ruhoniylar rkontslagerlarga surgun qilindi va keyin u yerda o'ldirildi (qarang : Polsha millatiga qarshi fashistlarning jinoyatlari ).[9] 1943—1944-yillarda nemislar Lazy shahrida majburiy mehnat lagerini boshqargan[10]. Urushdan keyin u Chexoslovakiyaga qaytarildi.

Taniqli shaxslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laziy hududida mashhur shaxslar:

  • Bu yerda Polshalik yozuvchi va folklorist Karol Piegza tug'ilgan.
  • Bu yerda polshalik yozuvchi va o'qituvchi Gustav Przeczek tug'ilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chexiya Respublikasidagi polshalik kamchilik
  • Zaolzie

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Statistics of Orlová“. 2010-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-may.
  2. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: Uniwersytet Śląski w Katowicach, 1984 — 110 bet. 
  3. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 297–299 bet. ISBN 978-83-926929-3-5. 
  4. Schulte, Wilhelm (1889). „Codex Diplomaticus Silesiae T.14 Liber Fundationis Episcopatus Vratislaviensis“. Pan Biblioteka Kórnicka (nemischa). Breslau.
  5. „Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis“ (la). Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
  6. I. Panic, 2010, p. 430
  7. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 273, 290 bet. 
  8. „Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego“. Dziennik Ustaw Śląskich (polyakcha). nr 18/1938, poz. 35-jild. Katowice. 31 October 1938. Qaraldi: 1 July 2014.
  9. Wardzyńska, Maria. Był rok 1939. Operacja niemieckiej policji bezpieczeństwa w Polsce. Intelligenzaktion (pl). Warszawa: IPN, 2009 — 139, 141 bet. 
  10. „Arbeitserziehungslager Orlau“ (de). Bundesarchiv.de. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.

Ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koordinatalari: 49°50′20″N 18°25′6″E / 49.83889°N 18.41833°E / 49.83889; 18.41833 G O