Laura Rogule

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laura Rogule (latishcha: Laura Rogule; 1988-yil 5-fevralda Riga shahrida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega.

2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida FIDE Grand Women ayollar oʻrtasidagi Shveytsariya turnirida 34-oʻrinni egalladi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laura Rogule 1988-yil 5-fevralda Sovet Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Latviya SSR ning markazi (hozirgi kunda poytaxti) Riga shahrida dunyoga kelgan.

Laura Rogule
Laura Rogule.jpg
Mamlakat Latviya bayrogʻi Latviya
Tugʻilishi 5-fevral 1988-yil (1988-02-05) (34 yosh)
Riga, Sovet Ittifoqi
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (sentabr 2022) 2362 (iyul 2011-yil)

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laura oʻz faoliyati davomida oʻn ikki marotaba chempionlikka erishadi, jumladan, 2003, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2015, 2016,[2] 2020, 2021[3] va 2022-yillarda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[4] Shuningdek, 2002-yilda u 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi. 2003-yilda u FIDE tomonidan xalqaro shaxmatchi usta ayol unvonini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Laura Rogule Varshavada boʻlib oʻtgan blits shaxmat boʻyicha Yevropa chempionati[5] va shaxmatning Rapid yoʻnalishi (tezkor shaxmat yoʻnalishi) boʻyicha ham Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib,[5] gʻoliblikka munosib koʻrildi.

Laura Rogule oʻzining eng yaxshi natijasini 2010-yilning noyabr oyida namoyish etgan boʻlib, FIDE reytingi 2362 ballga teng edi.

Laura Rogule Shaxmat Olimpiadalarida Latviya nufuzi uchun dona surdi, jumladan:[6]

Laura Rogule shaxmat boʻyicha 4-jamoaviy Yevropa chempionatida (ayollar toifasida) Latviya terma jamoasi safida oʻz oʻyinlarini olib bordi. Quyida Lauraning natijalarini koʻrishingiz mumkin:

  • 2001-yilda Leondagi zaxira taxtada dona surdi(+3, =2, −1);[9]
  • 2015-yilda Reykyavik shahrida shaxmat boʻyicha 20-Yevropa jamoaviy chempionatida (ayollar toifasida) ikkinchi taxtada oʻynadi(+4 −2 =3);
  • 2019-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 22-jamoaviy shaxmat (ayollar toifasida) yevropa chempionatida ikkinchi taxtada oʻyinlarni olib bordi(+4, =1, −4).[10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2021 FIDE Chess.com Women's Grand Swiss“. Women (ru). Chess-Results.com. Chess-Tournament-Results-Server (7-noyabr 2021-yil). 31-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
  2. „Chess-Results Server Chess-results.com - Latvian championship women final-2016“. chess-results.com.
  3. Latvijas 2021. gada čempionāts šahā sievietēm
  4. Latvijas 2022. gada sieviešu čempionāts
  5. 5,0 5,1 „Page has moved“. www.archiwum.poloniachess.pl.
  6. „Women's Chess Olympiads: Laura Rogule“. OlimpBase. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  7. „Archived copy“. 30-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2012-yil.
  8. „Chess-Results Server Chess-results.com - 43rd Olympiad Batumi 2018 Women“. chess-results.com.
  9. „4th European Team Chess Championship (women), Leon 2001, Latvia“. OlimpBase. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  10. „22nd European Team Chess Championship 2019 Women Section“. chess-results.com.