Kunxoʻja Ibrohim oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kunxoʻja Ibrohim oʻgʻli (17991880)— qoraqalpoq shoiri. "Oʻroqchilar", "Oq qamish", "Choʻponlar" sheʼrlarida qoraqalpoqlar hayoti, turmush mashaqqatlari, yaxshi kunlar kelishi toʻgʻrisidagi orzu-umidlar aks etgan. "Boy bolasi", "El bilan", "Mening bolam" kabi sheʼrlarida ijtimoiy ziddiyatlar, adolatsizlik ochib berilgan, in-sofsiz, muruvvatsiz shaxslarning kirdikorlari fosh qilingan. "Unutmasman", "Tuya ekansan", "Kun qayerda" asarlari qoraqalpoq mumtoz sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi.

Sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlar", Zohidjon Obidov tarjimasi) oʻzbek tilida nashr etilgan (1973). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil