Adolat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adolat — ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiy-siyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalari-ni o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va h.k.ga mazkur tushun-cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-fal-safiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi o‘zaro tengligini nazarda tutadi. Ahloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‘amini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuriti-shini taqozo etadi, unda har bir odam o‘z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tu-fayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‘z faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil