Asadjon Xodjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asadjon Azatbekovich Xodjayev
Асаджон Азатбекович Ходжаев
 Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
 
Mansab davri
2020-yil 29-iyuldan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Komil Allamjonov
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari
 
Mansab davri
2017-yil martdan – 2017-yil avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Vorisi Komil Allamjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-sentyabr 1970-yil (1970-09-03) (53 yosh)
Chimkent, Qozogʻiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent elektrotexnika aloqa instituti

Asadjon Xodjayev — Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse prezidenti[1]

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asadjon Azatbekovich Xodjayev 1970-yil 3-sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan.[2] 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining elektraloqa muhandisligi yoʻnalishini tugallagan Asadjon Xoʻdjayev 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.[2]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asadjon Xodjayev 1995-yilda oʻz faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida boshlaydi. Shuningdek, 2001-yilgacha O‘zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi markaziy apparatida ham faoliyat koʻrsatgan.

2001-yildan boshlab bir qancha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlay boshlaydi.

Yillar: Mansab
2001-2003-yillarda "O‘zbekiston pochtasi" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, „O‘zinfokom“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari
2003-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari oʻrinbosari
2004-2011-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari
2011-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori
2012-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori
2017-yil martidan avgustiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi[3]
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari[4]
2017-yilning dekabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari
2018-yil avgustidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga ko‘maklashish markazi direktori
2019-yil noyabridan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i [3]
2020-yil 29-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori[5]
2021-yil 16-avgustdan Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasining konferensiyasida assotsiatsiya vitse prezidenti [6]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asadjon Xoʻjayev oilali, 4 nafar farzandning otasi.

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O'zbekiston kikboks assatsiatsiyasi rahbariyati“. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Asadjon Xodjaev AOKAga direktor etib tayinlandi“.
  3. 3,0 3,1 „Prezident sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi“.
  4. „AOKA yangi direktori“.
  5. „Асаджон Хўжаев АОКА директори этиб тайинланди“. 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  6. „AOKA direktori Asadjon Xodjayev Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi“.