Kelermes qoʻrgʻonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kelermes qoʻrgʻonlari - qad. mozorqoʻrgʻonlar (mil.av. 6-asr). Adigeya Respublikasi (RF) ning Giagin r-nidagi Kelermes stanitsasi yaqinida joylashgan. NM.Veselovskip tomonidan qisman oʻrganilgan (1903—04). Qoʻrgʻonlar tagidan ustunlarga oʻrnatilgan yogʻoch chayla shaklida usti yopilgan katta qabrlar topilgan. Qurbonlik qilingan otlarning skeleti (har bir qabrda 24 tagacha), ularning hashamatli jabduqlari, dafn aravasining bezaklari, qurol-yarogʻ, tillaqoshlar va qadahlar, kumush riton va koʻzgular chiqqan. K.q. mahalliy meot qabilalari yoxud Old Osiyoga qilingan yurishdan soʻng shu yerda qolgan skiflarning qabila zodagonlariga mansub boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil