Kasb kasalliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kasb kasalliklari - yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan kasalliklar. K.k.ning kechishi unga sabab boʻlgan zararli omillarning oʻziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi taʼsiriga bogʻliq. K.k. i. ch.ning zararli omillarini hisobga olgan holda belgilanadi. K.k.ning fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar: brutsellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar taʼsirida (qarang Zaharlanish), baʼzi changlar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), shuningdek, jismoniy zoʻriqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. K.k.ning kelib chiqishiga organizmning oʻta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab boʻladi.

Oʻzbekistonda K.k. roʻyxati va tegishli tavsiyanomalar OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklanadi. I. ch. texnologiyasining takomillashtirilishi, i.ch. jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning keng joriy etilishi, mehnat va dam olishning meʼyorida tashkil qilinishi, zararli korxonalarda qisqartirilgan ish kuni belgilanishi tufayli K.k. kamayib bormokda. K.k.ni oldini olish, davolash, mexnat muhofazasini tashkil kilish ishlari bilan Oʻzbekiston Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari i.t. instituti shugʻullanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil