Pnevmokonioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pnevmokonioz (yun. pneumon — oʻpka va konia — chang) — zararli changlarni uzoq vaqt yutishdan paydo boʻladigan oʻpka kasalliklari guruhi. P.ga kon-ruda, kumir, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoklari ishchilarining xavfeizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmasliklaridan paydo boʻladi.

Klinik belgilari, kechishi va asoratlariga koʻra farq qiladigan P.ning rivojlanish muddatlari har xil bulib, bu — havoning ifloslanish darajasi, changning harakteri, orga-nizmning individual sezuvchanligi va boshqa sabablarga qarab anikdanadi.

P.ning oldini olish uchun ishlab chiqarish korxonalarida, konlarda havoning ifloslanishiga qarshi kurashish, ishchilar, albatta, individual himoya vositalaridan foydalanishlari va vaqtvaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari kerak. Kasallikning zoʻrayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun silikoz, asbes-toz va boshqa bilan kasallangan bemorlarni zararli changlar boʻlmaydigan boshqa ishga oʻtkazish zarur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil