Karlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karlik, garanglik — mutlaqo eshitmaslik yoki quloqning soʻzni anglay olmaydigan darajada "ogʻir"ligi. K. tugʻma va hayotda orttirilgan boʻlishi mumkin. Tu gʻ m a K.ga bola tugʻilayotganda eshituv nervining zararlanishi, ichki quloq yoki eshituv nervining irsiy yoki ona yuqumli kasalliklar (gripp va h.k.) bilan ogʻrishi natijasida rivojlanmay qolishi, shuningdek, homiladorlik davrida, xususan, uning birinchi oylarida onaning turli dorilar yo spirtli ichimliklar ichishi sabab boʻlady. Hayotda orttirilgan K. oʻrta va ichki quloq, eshitish nervi yoki bosh miya eshituv markazining yalligʻlanish kasalliklari, baʼzi infeksion kasalliklar asorati, shuningdek, zararli omillar (mas, shovqin, vibratsiya va b.) natijasida kelib chiqishi mumkin.

Davosi K.ning sababiga bogʻliq, u koʻpincha kasallanish darajasiga koʻra olib boriladi. Eshituv nervi jiddiy zararlanganda kar quloq tuzalishi qiyin. Quloq "ogʻir" boʻlib qolganda tovushni kuchaytiradigan asboblar (eshituv apparatlari)dan foydalanish mumkin. Bolalar maxsus maktablarda oʻqitiladi (q. Karlar maktabi). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil